Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq uxlashi kerak - tadqiqot
Olimlarning xulosasiga ko‘ra, ayollar bir vaqtda bir nechta vazifani bajargani uchun ularning miyasi erkaklarnikidan tezroq ishlaydi.
Ayollarga erkaklarga qaraganda o‘rtacha 20 daqiqa ko‘proq uyqu kerak. Bu haqda Lafboro universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga tayanib, CBS News xabar berdi.
Universitet professori Jim Xornning so‘zlariga ko‘ra, “ayol miyasi” erkak miyasidan biroz boshqacha tuzilgan. Xususan, ayollar bir vaqtning o‘zida bir nechta ishlarni bajarishga odatlangan — shuning uchun ularning miyasi erkaklarnikiga qaraganda tezroq ishlaydi.
Tadqiqot doirasida mutaxassislar Buyuk Britaniyaning 200 dan ortiq aholisi xulq-atvorini o‘rganib chiqdi. Natijada erkaklar kuniga o‘rtacha olti soat uxlashi kerak, degan xulosaga kelindi. Ayollarga esa 20 daqiqa ko‘proq uyqu zarur. Bundan tashqari, uyqu yetishmasligi ayollarga kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi: ular jizzaki bo‘lib qoladi, tez-tez stress yoki tushkunlikka tushishi mumkin.
Bu ayol miyasining erkak miyasidan tezroq ishlashini isbotlovchi yagona tadqiqot emas. Minneapolisdagi Faxriylar tibbiyot markazi shifokori ayollar haqiqatan ham ma’lumotni erkaklarga qaraganda taxminan besh barobar tezroq qayta ishlashini ta’kidlagandi. Shuningdek, ayol miyasi o‘z resurslarining kamroq qismini ishlatadi.
Avvalroq amerikalik olimlar kechasi qo‘shimcha 46 daqiqa uxlash insonning stressga bardoshini oshirishi va umumiy sog‘lig‘ini yaxshilashini aniqlagan.
Mavzuga oid
22:06 / 10.06.2026
Mutaxassislar 8 soatlik uyqu haqidagi afsonani rad qildi: aslida qancha uxlash kerak?
20:10 / 02.06.2026
Olimlar havodagi plastik zarralari yashirin xavf ekanini aniqladi
22:32 / 01.06.2026
Har kuni qahva ichishning salomatlik uchun 4 ta foydasi
17:17 / 31.05.2026