Ukraina bir neça oy içida Rossiya Federatsiyasining Kursk oblastida qölga kiritgan hududlarini yöqotişi mumkin, deb xabar berdi Bloomberg 27 dekabr, juma kuni ismini oşkor qilişni istamagan bir neça AQŞ rasmiylariga tayanib. Naşrning eslatişiça, Ukraina Qurolli kuçlari şu yilning yozida bosib olgan hududning yarmi ustidan nazoratni allaqaçon yöqotgan. Uning suhbatdoşlari bu Kiyevning Rossiya bilan öt oçişni töxtatiş böyiça ehtimoliy muzokaralardagi pozitsiyasini zaiflaştirişi mumkinligidan xavotirda.

Bloomberg manbalariga köra, bunga Ukraina Qurolli kuçlari saflarida askarlarning yetişmasligi hamda AQŞ va boşqa ittifoqçilardan kelajakda qurol-yaroğ yetkazib berilişi borasidagi noaniqlik sabab bölgan. Şuning uçun ukrainalik harbiylar Kursk oblastidagi hududni bahorgaça uşlab turişi mumkin, keyin esa çekinişga majbur böladi yoki qurşab oliniş xavfi tuğiladi. Ikki suhbatdoş Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy oğir yöqotişlarga yöl qöymaslik uçun mintaqadan öz vaqtida çekinişga buyruq berişiga umid bildirdi.

NYT: KXDR qöşinlarini Rossiyaga yuboriş ğoyasi Pxenyandan çiqqan

Şimoliy Koreya qöşinlarini Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun Rossiyaga yuboriş ğoyasi Moskvadan emas, Pxenyandan çiqqan, deb yozadi The New York Times (NYT) 23 dekabr kuni öz manbalariga tayanib. Uning sözlariga köra, bu taşabbus Moskva va Pxenyan örtasida strategik şeriklik töğrisidagi bitim imzolangandan söng darhol paydo bölmagan. «AQŞ razvedka idoralari bu Rossiyaning emas, Şimoliy Koreyaning ğoyasi degan xulosaga keldi, garçi prezident Vladimir Putin buni tezda qabul qilgan bölsada», deb yozadi NYT.

Biroq, materialda ta’kidlanganidek, Şimoliy Koreya «yordam» evaziga «darhol heç narsa olmadi» va uning rahbari Kim Çen In hozirda Moskvadan kelajakda — texnologiya, diplomatik yordam körinişida minnatdorçilikka umid qilmoqda. Bu Ğarb bilan qarama-qarşilik va inqirozli vaziyatlarda RFning boşqa harakatlarini ham nazarda tutadi, deydi manbalar.