Sobiq deputat, ekologiya vaziri maslahatçisi Rasul Kuşerbayev Komil Allamjonovga uyuştirilgan suiqasdda ayblanayotgan şaxslar böyiça fikrlarini bildirdi. 

Boş prokuratura Rossiya fuqarolari Bislan Rasayev va Şamil Temirxanov Komil Allamjonovga suiqasd işi doirasida qonunga xilof ravişda Özbekistonga kiriş va çiqiş, jinoyat haqida xabar bermaslik hamda öqotar qurolning qonunga xilof muomalasi kabi jinoiy harakatlarni sodir etganliklari aniqlanib, ular qidiruvga berilganini ma’lum qildi.

“Kim özi bu ikki şaxs? Qayerdan paydo böldi bu terrorçilar? Xavfli jinoyatçilar qaysi yöl bilan Özbekiston hududiga kirişdi? Bu masala aniq oydin aytilişi lozim”, dedi Kuşerbayev.

Oldinroq Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov suiqasdda «çeçen qöli» borligini inkor qilib, öz çiqişida Komil Allamjonov va Dmitriy Liga tahdid qilgan, ularga «qilmişlari» uçun javob berişi haqida oçiqçasiga bayonot bergandi.

“Özbekistondagi mansabdor şaxslarga oçiqça tahdid qiliş bu — terrorizm. Buni amalga oşirmoqçi bölgan yoki gapirib çiqqan şaxslar ham javob berişi lozim.

Şunday tahdidlar bölayotgan vaqtda Özbekiston hukumati nega jim turişi kerak? Qaçongaça özini şovinistik qaraşlari bilan bizga oçiqça tahdid qiladiganlarni indamay kuzatib ötiramiz? Rasmiy şaxs tomonidan bölayotgan oçiq tahdidga munosib javob beriş vaqti kelmadimi?

Javob şunçaki bayonot bilan emas, aniq çoralar orqali bölişi şart va zarur! Kerak bölsa, yetakçisi oçiqça tahdid qilayotgan Grozniyga aviaqatnovlarni ham bekor qiliş, har bir çeçen fuqarosini Özbekistonga kirişida qat’iy tekşiriş lozim”, deya ma’lum qildi sobiq deputat.

Odiljon Tojiyev

Qonunçilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev Çeçeniston prezidenti Ramzan Qodirovning “Özbekiston içki işlariga aralaşişi”, şuningdek, “özbek davlat amaldorlariga nisbatan tahdid bildirişi yoki bosim ötkazişi”ni qoralab çiqdi.