28 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga qönğiroq qildi. Suhbat haqida Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, ikki davlat rahbari 25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga uçgan Azerbaijan Airlines aviakompaniyasi samolyoti halokatini muhokama qilgan.
Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati xabariga köra, Putin samolyotga Rossiya havo hududida fizik va texnik ta’sir bölganini aytgan.
«Vladimir Putin 25 dekabr kuni Bokudan Grozniyga uçgan Azerbaijan Airlines yölovçi samolyotiga Rossiya havo hududida fizik va texnik ta’sir bölgani va buning oqibatida yuzaga kelgan fojiali voqea uçun uzr söradi. U baxtsiz hodisada halok bölganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tezroq soğayib ketişini tiladi», deyiladi xabarda.
Şu bilan birga, xabarda «fizik va texnik ta’sir» haqida batafsil tuşuntiriş berilmagan.
Prezident Ilhom Aliyevning qayd etişiça, Azerbaijan Airlines samolyoti Rossiya havo hududida bölganida «taşqi fizik va texnik ta’sirga uçragan», boşqaruvni butunlay yöqotib, «Oqtov (Qozoğiston) şahriga jönatilgan» va favqulodda vaziyat yuzaga kelgan. Şunday bölsa-da, «faqat uçuvçilarning jasorati va professionalligi tufayli qöngan».
Ozarboyjon rahbari suhbatda samolyot korpusida «köplab teşiklar mavjudligi, yölovçilar va ekipaj a’zolari havoda bölganida samolyot içiga kirgan yot zarralar ta’sirida jarohatlangani», «tirik qolgan bort kuzatuvçilari va yölovçilarning şu haqdagi bayonotlari borligini» alohida ta’kidlab, taşqi «fizik va texnik ta’sir faktini tasdiqlagan».
«Suhbat çoğida davlat rahbarlari uşbu fojianing barça tafsilotlarini jiddiy va keng qamrovli tekşiriş, şuningdek, aybdorlarni javobgarlikka tortiş masalalarini muhokama qildilar», deyiladi xabarda.
Prezident Ilhom Aliyevning aytişiça, Ozarboyjon tomonining taklifi bilan uşbu avariya sabablarini har tomonlama tekşiriş uçun xalqaro ekspertlar guruhi taşkil etilgan va bu guruh allaqaçon iş boşlagan.
Davlat rahbarlari, şuningdek, fojia yuzasidan boşlangan tergov jarayoni oşkora olib borilişi va bu haqda jamoatçilik muntazam ravişda xabardor qilinişini alohida ta’kidlagan.
Avvalroq, ikki davlat prezidenti suhbati haqida Kreml ham









