Qonunçilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning «Özbekiston içki işlariga aralaşişi», şuningdek, «özbek davlat amaldorlariga nisbatan tahdid bildirişi yoki bosim ötkazişi»ni qoralab çiqdi.
Uning aytişiça, bunday harakatlar «ikki döst davlat munosabatlariga salbiy ta’sir körsatişi va har ikki mamlakat xalqlari örtasidagi döstona aloqalarga zarar yetkazişi mumkin».
«Men Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasidan Ramzan Qodirovning özbek mulozimlariga tahdidi yuzasidan holatga huquqiy baho berişini sörayman. Bundan taşqari, Ramzan Qodirov özining keçagi munosabati uçun Özbekiston xalqidan oçiqdan oçiq uzr söraşi kerak. Şu bilan birga agar u döst bölsa Özbekiston Boş prokuraturasiga qidiruvda bölgan Beslan Rasayev va Şamil Temirxanovni topişda amaliy yordam berişi va uni Özbekistonga topşirişi lozim», deydi deputat.
Avvalroq, sobiq deputat, ekologiya vaziri maslahatçisi Rasul Kuşerbayev ham Grozniyga aviaqatnovlarni töxtatiş va har bir çeçenistonlikning Özbekistonga kirişini qat’iy tekşiriş vaqti kelganini bildirgandi.
Komil Allamjonovga suiqasd
2024 yil 30 sentabrgaça Özbekiston prezidenti administratsiyasida Axborot siyosati departamentini boşqarib kelgan Komil Allamjonov 26 oktyabr kuni Qibraydagi öz uyi yaqinida hujumga uçradi: u ötirgan maşinaga bir neça bor öq uzilgan. Hodisada Allamjonovning öziga va haydovçiga şikast yetmagan.
Boş prokuratura bundan avval 25 noyabr kuni bergan bayonotida jinoyatga aloqadorlikda gumonlanib 7 kişi uşlanganini ma’lum qilgan, ulardan faqat bir nafarining şaxsini oçiqlagan edi: bu – Janubiy Koreyadan ekstraditsiya qilingan Javlon Yunusov. Bayonotda yana bir gumondor Qozoğistonda qölga olingani ma’lum qilingandi.
Noyabr oyida Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligi tizimida bir qator yuqori lavozimli amaldorlar işdan olingandi.











