Yangi, köpmaqsadli K-564 «Arxangelsk» atom suvosti kemasi Rossiya dengiz floti tarkibiga kirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

K-564 atom suvosti kemasi 885M «Yasen-M» loyihasining törtinçi kemasi va Arxangelsk şahri nomidagi uçinçi atom suvosti kemasi böldi.

Suvosti kemasi qurilişi 2015 yil mart oyida boşlandi. U 2023 yil 29 noyabrda suvga tuşirildi. Şu yilning 11 iyun kuni kema dengizdagi sinovlarni boşladi.

«Arxangelsk» - köpmaqsadli, 4-avlod (eng zamonaviy) suvosti kemasi hisoblanadi. Uning uzunligi 130 m, ekipaj soni 64 kişini taşkil qiladi. U 533 mm kalibrli 10 ta torpedo apparatiga ega. Şuningdek, kemada «Oniks», «Kalibr» va «Tsirkon» raketalarini joylaştiriş mumkin bölgan 8 ta vertikal şaxta bor.