Özbekistonlik amaldorlar Komil Allamjonov va Dmitriy Liga ikki çeçen suiqasdga uringanidan xabar topdik. Bu voqelik oşkor bölişi ortidan Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov özbekistonlik amaldorlarga ular «çeçen an’analariga köra javob berişi»ni aytib tahdid qildi. Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov Kun.uzʼdagi kolonkasida Ramzan Qodirov suveren Özbekistonning içki işlariga aralaşişdan tiyilişi kerakligi haqida söz yuritadi.

Ötayotgan 2024 yilning jiddiy voqealaridan biri bu – Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd böldi. Ma’lumki, Özbekiston Boş prokuraturasi şu iş bilan boğliq ikki çeçen şaxsni halqaro qidiruvga berdi. Bular Bislan Rasayev va Şamil Temirxanov. Bu şaxslarga nisbatan, qonunga xilof ravişda Özbekistonga kiriş va çiqiş, jinoyat haqida xabar bermaslik va öqotar qurolning qonunga xilof muomalasi moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, qidiruvga berilgan.

Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov özining Telegram-kanalida uşbu suiqasd böyiça yana bayonot bilan çiqdi. Bu – Qodirovning birinçi bayonoti emas. Biron bir tergov işiga munosabat huquqiy bölişi mumkin yoki siyosiy. Bayonot orqali tergov jarayoniga oid ma’lumotlar berilişi mumkin yoki aksinça.

Ramzan Qodirov agar uning huquqiy ongi yetarli bölganida edi, bunday deyişi kerak edi: “Biz Özbekistonning huquq-tartibot tizimi xolis bölişiga umid qilamiz va işonamiz. Özimiz tomondan Özbekiston huquq-tartibot tizimi bilan hamkorlikka tayyormiz. Qidiruvga berilgan çeçenistonlik şaxslarni uşlab, Özbekistonga topşirişga harakat qilamiz. Yoki Rossiya Federatsiyasi qonunçiligi doirasida Özbekiston huquq-tartibot tizimi bilan hamkorlik qilişga töliq tayyormiz”, deyilsa, bu sovuqqon, vazmin va huquqiy pozitsiya bölar edi.

Lekin özining çiqişida, Ramzan Qodirov ikki çeçen fuqarosi haqida heç narsa demagan. Xuddiki, bu şaxslar umuman bu tergov işida yöqdek.

Aksinça, Qodirovning bayonoti öta siyosiy va ehtirosli. U bir betlik matnda “rangli inqiloblar”, “Ğarb matbuoti”, “axborot zarbalari” haqida yozadi. U özining bayonotida hattoki huquq-tartibot tizimiga, tergov jarayonlariga şubha bildirib, ularning ustidan tekşiruv ötkaziş kerakligini yozadi. Bunday deyiş uçun esa Qodirovda huquqiy asoslar yöq va bölişi ham mumkin emas. Huquqiy asos bölişi uçun u malakali huquqiy ekspertiza ötkazgan bölişi kerak edi.

Qodirovning gaplaridan xulosa çiqadiki, xuddi Özbekiston davlatçiligi juda zaif, davlat rahbarlari himoyaga muhtoj, huquq-tartibot tizimi esa mutlaq layoqatsiz va zaif.