Moskvada Armaniston sobiq mudofaa vaziri Arşak Karapetyan qölga olindi. Bu haqda kuç tuzilmalariga aloqador Telegramʼdagi «112» kanali xabar berdi. Sobiq amaldorning uşlanganini «RBK» manbasi ham tasdiqlagan.

Naşr ma’lumotlariga köra, Karapetyan 29 dekabr kuni qölga olingan.

Ta’kidlanişiça, Karapetyan Armanistonda bir neçta modda — «tadbirkorlik faoliyatidagi noqonuniy iştiroki», «mansab vakolatlarini suiiste’mol qiliş» va «hokimiyatni suiiste’mol qiliş» bilan qidiruvga berilgan.

Mazkur ma’lumotlar hozirça rasman tasdiqlanmagan.

Karapetyan 2018 yildan 2021 yilga qadar Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanning maslahatçisi bölgan. 2021 yil avgustda u mudofaa vaziri etib tayinlangan, 15 noyabrda esa iste’foga çiqarilgan.

2023 yil oktyabrda Karapetyan Paşinyanni xiyonatda ayblagandi, uning fikriça, boş vazir tan olinmagan Toğli Qoraboğ armiyasining yöq qilinişiga sababçi bölgan. «Men, general-mayor Arşak Genrixoviç Karapetyan Ozarboyjon tomonining talabini qabul qilmaganim, ular Armaniston Respublikasi hududiga kirişga urinişsa, öt oçişni buyurganim uçun lavozimdan çetlatildim», — degandi u.

Karapetyan özining işdan böşatilişiga Qoraboğga taşriflarini ham sabab qilib körsatgan. Xususan, u 2021 yil 6 noyabr kuni Toğli Qoraboğga borgan — bir haftda ötib esa lavozimdan olingan.