Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni eksportni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlarini Jahon savdo taşkiloti bitimlariga muvofiqlaştirişga qaratilgan farmonni imzoladi.

Tuzatişlarga köra, eksportçilarning avtomobil, havo va temiryöl taşuvlari xarajatlarini kompensatsiya qiliş amaliyoti bekor qilinmoqda.

Eksportçilarga 2024 yil 31 dekabrga qadar amalga oşirilgan eksport uçun belgilangan tartibda subsidiya va kompensatsiyalar beriladi. Uşbu tölovlar 2025 yil 1 fevralga qadar amalga oşiriladi.

Farmon 2025 yil 1 yanvardan kuçga kirdi.

Eslatib ötamiz, bungaça davlat eksportçilarning öz mahsulotlarini eksportga taşiş xarajatlarining 50 foizini qoplab berayotgan edi. Bu maqsadlar uçun 2022 yilda 336 mlrd söm, 2023 yilda 509,9 mlrd söm, 2024 yilda 138,8 mlrd söm ajratilgan.