Falastin ma’muriyati Qatarning «Al-Jazira» telekanalining translatsiyasi va boshqa faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Falastinning rasmiy WAFA axborot agentligi xabar berdi.
«Al-Jazira» Falastinda o‘rnatilgan qonun va qoidalarni buzgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, «Al-Jazira» o‘zining «huquqiy maqomini to‘g‘rilamaguncha» telekanal faoliyati tiklanmaydi.
Ta’kidlanishicha, bunday choraga «Al-Jazira» telekanali Falastinning ichki ishlariga aralashishni tashkil etuvchi provokatsion mazmundagi kontentni tarqatgani sabab bo‘lgan.
Avvalroq Isroil hukumati «Al-Jazira» telekanali mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qilgandi.















