Rossiyada deportatsiya rejimiga tuşgan migrantlar ustidan nazorat talablari doirasida politsiyaga ular yaşaydigan uylar va boşqa binolarga tösqinliksiz kiriş huquqi beriladi. Bu boradagi tegişli norma 5 martdan kuçga kiradigan qonunda belgilangan.

Qayd etilişiça, politsiyaçilar migrantlar yaşaydigan uylarga kirişdan taşqari Rossiya davlat organlari va çet el hukumatlaridan nazoratni amalga oşiriş uçun zarur ma’lumotlar, jumladan, tijorat, bank, soliq va qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirlarni taşkil etuvçi hujjatlarni söraşi mumkin. Bundan taşqari, IIV xodimlariga banklardan çet el fuqarosining bank hisobraqami va u yerdagi pul mablağlari aylanmasi töğrisida ma’lumot olişiga ruxsat beriladi.

Politsiya, şuningdek, texnik vositalardan foydalangan holda deportatsiya rejimidagi xorijlik fuqarolarni kuzatiş huquqiga ega böladi. Şunday qilib, huquq-tartibot organlari xodimlariga mobil telefonlar va geolokatsiyalar, yuzni taniş tizimi orqali işlovçi tölov tizimlaridan foydalanişga ruxsat beriladi.

Rossiya hududida noqonuniy bölib turgan çet el fuqarolari yoki fuqaroligi bölmagan şaxslar deportatsiyasi rejimi 5 martdan kuçga kiradi. Uşbu rejimga kiruvçi şaxslarning ma’lumotlari maxsus reyestrga joylaştiriladi. Ularga nisbatan turli çeklovlar, masalan, köçmas mulk va transport xaridi, RF hududi böylab erkin harakatlanişi taqiqlanişi mumkin.

Eslatib ötamiz, 2025 yil 1 yanvardan boşlab Rossiyaga kiruvçi xorijiy fuqarolarning vaqtinça böliş muddatiga oid qonunçilikdagi özgarişlar kuçga kirdi. Jumladan, xorijliklarning Rossiyada vizasiz böliş muddati 90 kungaça qisqartirildi. Ilgari bu muddat 180 kunni taşkil qilar edi. Özgartirişlar Rossiyaga vizasiz kiradigan çet el fuqarolariga tegişli. Rossiyaga viza bilan kelgan xorijliklarning vaqtinça böliş muddati özgarişsiz qolmoqda.