Xitoy şimolidagi Xebey provinsiyasida joylaşgan «Fennin» gidroakkumulyator elektr stansiya (GAES) ötgan yilning oxirida töliq işga tuşirildi, deb xabar beradi «Sinxua» agentligi.
China National State Grid operatorining ma’lum qilişiça, «Fennin» dunyodagi GAESlar içida eng yirigi hisoblanadi.
«Fennin»ning örnatilgan quvvati 3,6 million kW·hʼga teng. U yiliga 6,61 milliard kW·h elektr energiyasi işlab çiqarişga möljallangan.

Ta’kidlanişiça, 2021 yilda energobloklarining birinçi qismi işga tuşirilganidan beri elektr stansiyasi 8,62 milliard kW·h elektr energiyasi işlab çiqargan.
Qayd etilişiça, «Fennin» yiliga 408,8 ming tonna kömir ekvivalentidagi şartli yonilğini tejaş va atmosferaga 1,2 million tonna karbonat angidrid gazi çiqarilişini qisqartirişga yordam beradi. «Bu mamlakatning energosamaradorlik va ekologik barqarorlik sohasidagi maqsadlarga erişişiga muhim hissa qöşadi», — deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 2024 yil mart oyida Toşkentda gidroenergetika forumi bölib ötgan, unda “Özbekgidroenergo” mas’uli Nodirbek Akçaboyev Özbekistonda 4 ta gidroakkumulyator elektr stansiyalar qurilişini aytgandi. Uning sözlariga köra, Markaziy Osiyodagi birinçi bunday loyihalar Jizzax, Toşkent viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida bölişi, ularning umumiy quvvati 1600 MWʼni taşkil etişi közda tutilgan.

















