Hindistonning Amreli okrugida (Gujorat ştati) kamyob Osiyo şerlari ikki hafta içida uç kişiga hujum qildi, deb xabar beradi The Indian Express.
Qayd etilişiça, birinçi fojia fevral oxirlarida sodir bölgan — yetti yoşli bola suv olgani daryoga borgan va qaytib kelmagan. Bolaning qarindoşlari uni qidirişga kirişgan va tez orada uning jasadini topgan. Mahalliy qişloq xöjaligi departamenti xodimlari zudlik bilan hujum uyuştirilgan joy yaqinida ikkita şerni tutişga muvaffaq bölgan. Yirtqiçlar «tadqiqot uçun» maxsus markazga yuborilgan, ammo köp ötmay ular aholi punktidan uzoqroq joyga qöyib yuborilgan.
4 mart kuni uşbu okrugda şer 35 yoşli fermerga hujum qilgan. Urğoçi şer öz «ölja»sini örmon xöjaligi xodimlari kelganida ham qöyib yubormagan. Natijada, uni buldozer yordamida quvib yuborişga töğri kelgan.
Şuningdek, 6 mart kuni ham şerlar uyuştirgan hujum oqibatida bir fuqaro halok bölgan. Qurbonning jasadi qoldiqlarini departament xodimlari topgan. Aniqlanişiça, uşbu jasad 34 yoşli Nozim Kureşi ismli fuqaroga tegişli bölgan — yirtqiçlar uning tanasining pastki qismini yeb qöygan. Tergov hozirça sodir bölgan voqeaning töliq kartinasi şakllantirilmagani, ammo Kuraşining yaqinidan şerlar izi topilganini bildirgan.
Ma’lumot uçun, Osiyo şeri bugungi kunda faqat Hindistonda omon qolgan. XX asrning boşidan beri uning diapazoni Gir milliy boği va Hindistonning Gujorat ştati atrofidagi hududlar bilan çeklangan. Tarixiy jihatdan Osiyo şeri Yaqin Şarqdan Hindiston şimoliga qadar hududlarda keng tarqalgan.











