2024 yil yakunlariga köra, Özbekistonda rasmiy inflatsiya 9,8 foizni taşkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, ötgan yilda oziq-ovqat narxlari 2,4 foizga (2023 yilda – 9,7 foiz), nooziq-ovqat tovarlar 7,7 foizga (7,7 foiz), xizmatlar narxi esa 26,7 foizga (8,7 foiz) oşgan.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining özgarişi
Rasmiy statistikaga köra, ötgan yil davomida guruç 6,3 foizga, buğdoy uni 3,9 foizga, şakar 3,7 foizga, tuxum 7,3 foizga arzonlaşgan.
Öz navbatida bir qator asosiy turdagi tovarlarning bahosi sezilarli darajada qimmatlaşgan:
- Suyakli mol göşti – 13,3 foiz;
- Qöy göşti – 14,6 foiz;
- Tovuq göşti – 1 foiz;
- Kungaboqar yoği – 14,6 foiz;
- Paxta yoği – 15,3 foiz;
- Sut – 6 foiz;
- Kefir – 6,6 foiz;
- Oq qand – 2.8 foiz;
- Tirik, sovitilgan baliq – 6,8 foiz;
2024 yil davomida baqlajon, limon, pomidor va bodring, bulğor qalampiri, banan narxlarida pasayiş qayd etilgan. Kartoşka, sarimsoq, sabzi, piyoz, mandarin, kökatlar narxlari esa 1,4-39,9 foiz oraliğida ösgan.

Energetika resurslari narxlarining özgarişi
Ötgan yilda umumiy inflatsiyaga eng köp ta’sir qilgan omil – energetika resurslari narxlarining oşişi böldi. Xususan, 2024 yilda turar joy xizmatlari, suv, elektr, gaz va boşqa yonilği turlarining narxi quyidagiça özgargan:
- Ta’mirlaş va turar joylarga xizmat körsatiş – 10,3 foiz;
- Isitiş tizimi – 36 foiz;
- Issiq suv ta’minoti – 32,1 foiz;
- Tabiiy gaz – 129 foiz;
- Elektr energiyasi – 67 foiz;
- Çiqindilarni yiğiş – 54,7 foiz.
Statistika organiga köra, ötgan yilda benzin narxi 5,9 foizga, propan narxi 30,9 foizga, metan narxi 21 foizga qimmatlaşgan.

2024 yil 1 apreldan tibbiy xizmatlar va Özbekistonga olib kirilgan dori vositalari böyiça QQS imtiyozining bekor qilinişi fonida uşbu sektordagi narxlarning oşişi ham yillik umumiy inflatsiyadan ança baland şakllangan. Jumladan, narxlar quyidagi körinişda oşgan:
- Dori vositalari – 26,2 foiz;
- Profilaktik va himoya vositalari – 20 foiz;
- Şaxsiy foydalaniş uçun tibbiy uskunalar – 15,3 foiz;
- Stomatologiya xizmatlari – 12,4 foiz;
- Tibbiy laboratoriyalar xizmatlari – 14,5 foiz;
- Diagnostika vizualizatsiyasi xizmatlari – 15,6 foiz.

Qayd etilişiça, yil davomida poyezdlar uçun çipta narxlari örtaça 12,6 foizga (şahar içidagi poyezdda yöl haqi 40,1 foizga), taksi narxlari 12,2 foizga, samolyot uçun çipta narxlari 1,2 foizga oşgan.
Davlat boğçalari uçun tölov 20 foizga, xususiy boğçalarniki 12,3 foizga, davlat oliy öquv yurtlarida ta’lim narxi 15,1 foizga, xususiy oliy öquv yurtlarida esa 0,5 foizga qimmatlagan. Repetitor xizmatlari narxi esa 16 foizga ösgan.













