Tailandda fil ispaniyalik talaba qizni tişi bilan öldirib qöydi. Bu haqda EFE agentligi xabar bermoqda.

Fojia Tailandning janubi-ğarbiy Yao Yay orolidagi Ko Yao maxsus markazida fillarni çömiltiriş paytida yuz bergan. Fil uni çömiltirayotgan qizga tişini sançib olgan. Keyinroq talaba olgan tan jarohatlari tufayli vafot etdi.

SUR naşriyotiga köra, qiz Ispaniyaning Navarra universitetida huquqşunoslik va xalqaro munosabatlar yönalişida tahsil olardi. 22 yoşli qiz Valyadolid şahridan bölgan.

2024 yil aprel oyida Zambiyada 80 yoşli amerikalik sayyoh maşinaga fil hujum qilişi oqibatida halok bölgandi. Fil zarbidan ağdarilgan maşinaning yana bir neça yölovçisi jarohatlangan.

Ma’lumot uçun, Tailanddagi dam oliş markazlarida fillarni yuvintiriş va ular bilan çömiliş ommabop maşğulot hisoblanadi. U yerlarda fillar sayyohlar uçun körgazmalarda ham qatnaşadi.