5 yanvardan boşlab yengil avtomobil haydovçilari Nyu Yorkning eng tirband hududlaridan biri — Manhettenga tiğiz vaqtda kiriş uçun 9 dollar tölaşi kerak.

Rasmiylar bu orqali tirbandliklar kuzatiladigan mazkur hududda har kuni 80 mingga yaqin maşina harakatini kamaytiriş niyatida.

Nyu Yorkning eng gavjum maskaniga kiriş narxi transport vositasining turi va kunning qaysi vaqti ekaniga boğliq. Yengil avtomobillar uçun u keçasi 2,25 dollarni, tiğiz vaqtda esa 9 dollarni taşkil etadi. Kiçik yuk maşinalari va ayrim avtobuslar tiğiz vaqtdagi harakat uçun 14,4 dollar, keçki vaqtda esa 3,6 dollar tölaydi. Şahar hukumatining rejasiga muvofiq, bu kabi tariflar 2028 yilgaça amalda böladi, keyin esa oşiriladi.

«Mazkur çora — serqatnov zonaga kiriş uçun tölov — Nyu Yorkdagi tirbandliklarga qarşi kuraşişga qaratilgan. Uning maqsadi bitta — jamoat transport tizimini rivojlantiriş uçun mablağ töplaş», — deyiladi xabarda.

Ştat gubernatori Keti Hokul şaharda pulli kiriş zonasini taşkil etiş taklifini hukumatga ilk bor ikki yil oldin bildirgan edi. Transportda muntazam işga qatnaydiganlar va mahalliy bizneslar şikoyati sabab reja bir neça bor qayta körib çiqilgan, uning joriy etilişi qoldirilgan.

5 yanvardan işga tuşirilgan sxema 2024 yil iyunda taqdim etilgandi, ammo öşanda Xokul uni «Nyu York aholisi uçun juda köp kutilmagan oqibatlar» sabab töxtatib qöygandi.

Tirbandliklar kuzatiladigan zonaga kiriş uçun pul tölaşga şahar taksistlar assotsiatsiyasi hamda AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp ham qarşilik bildirgan. Tramp prezidentlik lavozimiga kirişganidan keyin uşbu sxemani yöqotişga va’da bergan.

INRIX kompaniyasi ma’lumotlariga köra, Nyu York ketma-ket ikki yildan beri tirbandlik böyiça dunyoda birinçi örinni egallab kelmoqda. Kompaniya hisobotida keltirilişiça, 2024 yilning birinçi çoragi davomida Manhetten markazidagi avtomobillar tiğiz vaqtda soatiga 17 kilometr tezlikda harakatlangan.