Rivojlangan davlatlar bepul yöllarga muqobil tarzda tirbandlikni kamaytiriş, aholi va yuk taşuvçi transportlar uçun muhim yönalişlarda vaqt tejaş, iqtisodiy faoliyatni tezlaştiriş va infratuzilmani rivojlantiriş uçun pulli yöllarni taşkil qilgan. Özbekistonda ham bu borada bir neçta rejalar bor.
Hukumat xalqaro moliya taşkilotlari kömagida Toşkentdan Samarqand, Andijon va Çorvoq yönalişlarida, şuningdek, Urganç–Xiva örtasida pulli yöllar qurişni 2026 yildan boşlamoqçi. Bungaça belgilangan muddatlar bir neça marta keçiktirilgandi. Xöş, pulli yöllar haqida nimalar ma’lum, narxlar qanday böladi?
Toşkent–Samarqand yöli
Toşkent–Samarqand pulli avtomobil yöli Sergeli tumanidagi Toşkent halqa yölidan boşlanadi va mavjud trassaga parallel tarzda ötadi. Bu haqda «Avtoyölinvest» agentligi direktori örinbosari Asliddin Isayev ma’lum qilgandi.
Qiymati 2,25 mlrd dollarga baholanayotgan loyihaning umumiy uzunligi 282 kmni taşkil etadi. Avtomagistralda 12 ta kirib-çiqiş terminali bölişi, haydovçilarga yölning turli nuqtalarida magistralga kiriş va çiqiş imkoniyati yaratilişi rejalaştirilgan.

Yölning texnik xususiyatlari quyidagiça: harakat tasmalari 6 ta, loyihaviy tezlik 150 km/soat, kutilayotgan avtomobil jadalligi sutkasiga 50 mingtagaça, tasmalar kengligi 3,75 metr, quriliş muddati esa 5 yil.
Mazkur avtomobil yöli qurilişi natijasida Toşkentdan Samarqandgaça bölgan harakat vaqti 2−2,5 soatgaça qisqarişi kutilyapti. Pulli yöldan foydalaniş tarifi hozirça belgilanmagan.
Toşkent–Andijon yöli
Joriy yilda Qamçiq dovoni orqali ötuvçi Toşkent–Andijon pulli yölini quriş böyiça ham amaliy işlar boşlanişi aytilyapti.
Qayd etilişiça, vodiy viloyatlarini poytaxt bilan boğlovçi yölning umumiy uzunligi 314 km böladi. Dastlabki bosqiçda qiymati 3,66 mlrd dollar bölgan 171 km uzunlikdagi Toşkent–Angren–Qamçiq dovoni muqobil yölini quriş rejalaştirilyapti. Bunda 33 km uzunlikdagi 4 qatorli yangi tunnel ham foydalanişga topşiriladi. Yölning yillik tölov miqdori 465 mln dollarga baholangan.




















