Bugun kino va ijtimoiy hayot haqida gaplaşamiz. Özbekning Murod Muhammad Döst degan yozuvçisi bor. Millatning faxri deyişga munosib yozuvçi. Bu ijodkorning kinoçiligi yozuvçiligidan kam emas. Rejissyor Jahongir Qosimov mana şu sevimli yozuvçimiz kinossenariy asosida “Dev va pakana” degan juda ajoyib filmni suratga olgan. Kartinadagi boş qahramon – jussasi katta yigit aslida jamiyatdagi qalbi katta insonlarning ramziy obrazi. Video mana şunday çinakam katta inson haqida.
Ğayrat Döstov işi
Ğayrat Döstov ismli vatandoşimizga ortiqça ta’rif beriş şart emas, menimça. U birgina çiqişi bilan unça-munça yulduzlar yillar davomida erişolmagan maşhurlikka ega böldi. Hozir butun Özbekiston şu inson haqida gapirmoqda va eng muhimi – hamma bu juda oddiy inson haqida yaxşi gapirmoqda. Döstovni maqtayvermanglar degan bir-ikkitasi ham çiqdi, lekin ular hisobga qöşişga arzimaydigan darajada oz.
Biroz mubolağaga jazm qilib aytadigan bölsak, birgina çiqiş bilan bunçalik köp odamlar qölloviga erişişga Martin Lyuter King ham havas qilgan bölardi. Ğayrat Döstovning öşa zapravkadagi portlaşini rusça bir serialdagi tarix öqituvçisining xuddi şunday portlaşiga öxşatiş mumkin. Mayli, qaysi filmligini aytmay qöyaqolaylik, köpçiligingiz u qahramonni yoqtirmaysiz.
Ğayrat Döstovni u öşa maşhur videosini yozgan zapravka egasining arizasiga binoan 15 sutkaga qamaşgani, keyin jamoatçilik noroziligi fonida jazo 8 kungaça qisqartirilib, sud zalidan ozod qilinganini kördingiz. Odamning dilini xira qiladigan bu hodisada birgina ijobiy jihat bor – odamlarning reaksiyasi. Demak hali jamiyatimiz uyğoq ekanki, köpçilik Döstov qamalişini qabul qila olmadi.
Sud kuni
Apellyatsiya sudi ötkazilgan kuni önlab advokatlar Ğayrat Döstovga bepul huquqiy xizmat körsatişga borganini kördingiz. Yuqori malakali bu huquqşunoslar öşa kuni boşqa biror ayblanuvçini himoya qilib yaxşigina pul işlab olişi mumkin bölgandir, lekin ular vijdonlarining amri bilan alamdan yuragini böşatib olgani uçun yangi yilni panjara ortida kutib olgan vatandoşga yordam bergani borişdi. Ha, azizlar, atrofda hamma pul haqida öylayotgandek tuyuladigan bugungi kunda hamon vijdon amrini moddiy manfaatdan ustun qöyadigan mard insonlar köp ekan.
Öşa kuni sudga borganlarni şunçaki metan dardi birlaştiradi deb öylaganlar adaşadi. Sudga borgan advokatlar, bloger-jurnalistlar, huquq faollarining köpçiligi öziga tinç odamlar, boşqaça aytganda benzinda yuradigan odamlar. Öşa kuni ularni daxldorlik hissi sud zaliga yetaklab borgan.
















