O‘zbekiston quyidagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilishni rejalashtirmoqda:

Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi (Vena, 1963 yil 21 may);
Yadro avariyalari yoki radiatsiyaviy avariya holatlarida yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1986 yil 26 sentabr);
Yadroviy avariya haqida tezkor xabar berish to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1986 yil 26 sentabr);
Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1994 yil 17 iyun).

Bundan tashqari, 2025 yilda quyidagi qonunlarni ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda:

  • "Kimyoviy xavfsizlik to‘g‘risida";
  • "Xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida";
  • "Radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilish to‘g‘risida".