Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi
Vazirlar Mahkamasining «Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kengaytirilishi hamda tarif islohotlarining tizimli amalga oshirilishi munosabati bilan O‘zbekiston hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan hukumatning 5 ta hujjatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan bo‘lib, ular quyidagilarni nazarda tutmoqda:
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash;
tijorat banklari tomonidan “yashil” iste’mol kreditlari ajratilishini keng joriy etish hamda kreditlar bo‘yicha foizlarning bir qismiga kompensatsiyalar ajratishni yanada kengaytirish.
Xususan, ilgari «yashil» iste’mol kreditlari faqat quyosh fotoelektr va shamol elektr stansiyasi hamda quyosh suv isitkichlarini o‘rnatish maqsadida jismoniy shaxslarga milliy valutada ajratilgan bo‘lsa, endilikda ular:
- mikro va kichik gidroelektr stansiyalari;
- biogaz ishlab chiqaruvchi uskunalar;
- biogaz qurilmalari;
- issiqlik nasoslarini o‘rnatish;
- shuningdek, qurilish izolyatsiya materiallari, maishiy energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlarni sotib olish maqsadlari uchun ham ajratiladi.
Shuningdek, «yashil» iste’mol kreditlarining foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan yuqori bo‘lgan foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya olishda foiz stavkasi asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmasligi lozimligi haqidagi shart bekor qilinmoqda.
Mavzuga oid
21:33 / 25.04.2026
Smartfonda energiya tejash rejimini qachon yoqish kerak?
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
10:26 / 27.12.2025
O‘zbekistonda energiya resurslari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
12:15 / 13.12.2025