Jinoyat işlari böyiça Romitan tuman sudida uşbu tuman hokimi örinbosari Aziz Boboyevga nisbatan jinoyat işi körib çiqilmoqda. Bu haqda sud majlislari jadvalida keltirilgan.

Jadvalga köra, jinoyat işlari böyiça Romitan tuman sudida 2025 yilning 7 yanvar kuni Boboyev Aziz Xojiqurbonoviç hamda Boboyev Laziz Xojiqurbonoviçga doir jinoyat işi körib çiqiladi. Sudlanuvçilarga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “b, v” bandlari, 228-moddasi (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş), 2-qismi “a, b” bandlari hamda 3-qismi bilan ayb e’lon qilingan. 3 nafar fuqaro jabrlanuvçi sifatida körsatilgan.

Işning tafsilotlari hozirça aniq emas.

Boboyev Aziz Xojiqurbonoviç 1988 yilda Romitan tumanida tuğilgan. 2011-2022 yillarda “Mikrokreditbank”ning Romitan tuman filialida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2024 yilning mart oyida Romitan tumani hokimining innovatsion rivojlaniş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan. Bungaça esa Hazortut mahallasida hokim yordamçisi lavozimida işlagan.