Toşkentda havo ifloslanişini nazorat qiluvçi uçta yangi avtomatik stansiya işga tuşirildi. Ular Zamin jamğarmasi va Özgidromet agentligining «Atmosfera havosi ifloslanişi monitoringini avtomatlaştiriş» qöşma loyihasi doirasida örnatildi.
Jamğarma matbuot xizmati xabariga köra, Özbekistonda loyiha boşlanganidan buyon monitoring.meteo.uz milliy platformasining yagona ma’lumotlar bazasiga 19 ta avtomatik stansiya ulangan.

Uşbu saytda ular binafşa rangda, uçta yangi esa töq yaşil rangda belgilangan. Xususan, bittasi «Uç qahramon» posti hududida, ikkinçisi «Zenit» zavodi hududida va uçinçisi «Yangi Özbekiston» boği yonida örnatildi.
Stansiyalar şunçaki detektor yoki datçiklar emas, balki havo ifloslanişini monitoring qiliş uçun töliq jihozlangan laboratoriyalar hisoblanadi.

Horiba (Yaponiya/Germaniya) işlab çiqargan uşbu stansiyalar etalon sifatida tan olingan bölib, ular Finlandiya meteorologik instituti kabi yetakçi taşkilotlar tomonidan öz ölçov uskunalarini sozlaş uçun qöllaniladi.













