Kanada rasmiylari 7 yanvar, seşanba kuni AQŞ saylangan prezidenti Donald Trampning uşbu mamlakatni Qöşma Ştatlar tarkibiga kirişi haqidagi taklifiga mutlaqo rozi bölmadi. «Saylangan prezident Trampning izohlari Kanadani nima kuçli davlat qilişini töliq tuşunmasligini körsatadi. Iqtisodiyotimiz kuçli. Xalqimiz kuçli. Biz tahdidlar oldida heç qaçon ortga çekinmaymiz», — deb yozdi Kanada taşqi işlar vaziri Melani Joli.
«Kanadaning Qöşma Ştatlarning bir qismi bölişi uçun heç qanday imkoniyat yöq. Ikkala davlatimizdagi işçilar va jamoalar bir-birining eng yirik savdo va xavfsizlik şeriklari bölişdan foyda köradilar», deb yozdi avvalroq iste’foga çiqişini e’lon qilgan boş vazir Jastin Tryudo.
Tramp yana Kanadaga AQŞ bilan birlaşişni taklif qildi
AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Kanadaning AQŞ bilan birlaşişi haqidagi taklifini takrorladi. «Agar Kanada AQŞ bilan birlaşsa, heç qanday tariflar bölmaydi, soliqlar sezilarli darajada kamayadi va ular doimo özlarini örab turgan Rossiya va Xitoy kemalari tahdididan butunlay himoyalangan böladi. Birgalikda bu qanday buyuk davlat bölar edi» – deb yozdi Oq uyning bölajak rahbari 6 yanvar kuni öziga tegişli bölgan Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Şu tariqa, Tramp bir neça soat avval e’lon qilingan Kanada boş vaziri Jastin Tryudoning iste’foga çiqişi haqidagi xabarga javob qaytardi. «Kanadada köp odamlar 51-ştat bölişni yaxşi köradi. Qöşma Ştatlar Kanadaning özini saqlab qolişi uçun zarur bölgan yirik savdo kamomadi va subsidiyalarga endi toqat qila olmaydi. Jastin Tryudo buni bilib, iste’foga çiqdi», — deyiladi uning xabarida.











