Mark Tsukerbergning sözlariga köra, joriy tizim «juda köp xato va senzura mavjud nuqtaga yetib kelgan». «Biz qoidalarni soddalaştiramiz va öz platformalarimizda söz erkinligini qaytaramiz», — dedi u.

Endilikda Meta platformalarida Ilon Maskka tegişli X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoğidagi kabi boşqa foydalanuvçilarning izohlari paydo böladi.

Bundan taşqari, foydalanuvçilarda tarmoq siyosatini buzayotgan postlar ustidan şikoyat qiliş imkoniyati saqlanib qoladi. Uşbu şikoyatlar kontentni avtomatik skanerlaş natijalaridan oldin hisobga olinadi.

Şuningdek, Meta «öz lentalarida körişni istagan» foydalanuvçilar uçun siyosiy kontentlarni yaşirişni töxtatadi.

Facebookʼda faktçeking tizimi 2016 yilda, Rossiya «trollar fabrikasi»ning AQŞdagi prezidentlik sayloviga aralaşuviga oid mojaro fonida paydo bölgandi. Faktçeking bilan Meta xodimlari emas, balki asosan professional jurnalist va muharrirlardan iborat boşqa taşkilotlar şuğullangan.