Xitoylik olimlar «bölajak uruşlar xarakterini tubdan özgartirib yuborişi» mumkin bölgan kiçik ölçamli atom soatini yaratdi, deb xabar beradi South China Morning Post.
Naşr ma’lumotlariga köra, NIM-TF3 atom soatining balandligi xuddi örtaça ölçamli muzlatkiçdek — 1,5 metrga teng. Qurilmani harbiy yuk maşinasiga ortib, uzoq masofaga olib ketiş mumkin. Yangi soat aniqligi soniyaning beşdan bir kvadrillion uluşidan kamroq.
Yuqori aniqlikda işlaydigan bu kabi atom soatlar harbiy sohada bir-biridan minglab kilometr uzoqlikdagi radarlarning sinxron işlaşini ta’minlaş, «körinmas» qiruvçi samolyotlarni aniqlaş va kuzatişda qöl keladi. Şuningdek, qurilma radioelektron kuraş tizimi signallarini kuçaytirişga va katta ma’lumotlar uzatilişini soddalaştirişga yordam beradi.
NIM-TF3 atom soati XXR Milliy metrologiya instituti tomonidan yaratilgan. Ma’lumotlarga köra, u professional xizmat körsatişsiz ham uzoq vaqt davomida işlay oladi.












