Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Iroq Kurd mintaqaviy boşqaruvi (KRAI) boş vaziri Masrur Barzoniy bilan Anqarada uçraşdi.

Anadolu xabariga köra, Erdöğan va Barzoniy avvaliga yakkama-yakka uçraşuv ötkazgan, söngra kengaytirilgan delegatsiyalar formatida muzokaralar bölib ötgan.

Erdöğan uçraşuvda mintaqa barqarorligi va farovonligini oşiradigan loyihalarni, ayniqsa, «Taraqqiyot yöli» loyihasini amalga oşiriş zarurligini ta’kidlagan. Turkiyaning ölka bilan aloqalari va mintaqaviy masalalar muhokama qilingan.

Erdöğan Suriyadagi sönggi voqealarni hisobga olib, Turkiyaning Iroq barqarorligi va xavfsizligini saqlaşga katta ahamiyat berişini va Suriyadagi voqealar mintaqada yangi beqarorlikka olib kelmasligini ta’minlaşga harakat qilişini aytgan.

Turkiya davlati rahbarining sözlariga köra, yangi Suriyada terrorçi taşkilotlar va ularga aloqador unsurlarga örin yöq.

Avvalroq, Rajab Toyyib Erdöğan parlamentda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi a’zolari bilan muloqot çoğida Suriyadagi kurd qurolli guruhlar yo qurollarini taşlaydi yoki «kömiladi» degan edi.

Turkiya AQŞ bilan ittifoqdoş Suriya demokratik kuçlarining (SDF) asosiy tarkibiy qismi bölgan kurd Xalq mudofaasi bölinmalarini (YPG) Turkiyaga qarşi isyon olib borayotgan Kurdiston işçilar partiyasining bir bölagi deb biladi.

Başar Asad ağdarilganidan keyin Anqara Suriya kelajagida YPG guruhiga örin yöqligini ta’kidlab, uni tarqatib yuborişni talab qilib kelmoqda. KIP – Turkiya, AQŞ va Yevropa Ittifoqi tomonidan terror taşkiloti deb tan olingan.