Amerikalik tadbirkor Ilon Maskka tegişli Neuralink kompaniyasi özining uçinçi bemoriga çipini joylaştirdi. Bu haqda Mask ijtimoiy tarmoqda translatsiya qilingan Las-Vegasdagi tadbir davomida ma’lum qildi. Uning qöşimça qilişiça, kompaniya 2025 yilda yana 20-30 ta implant örnatişni rejalaştirmoqda.

2024 yil avgust oyida ikkinçi bemorga Neuralink çipi muvaffaqiyatli implantatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi. Tadbirkor sözlariga köra, ikkinçi bemordagi implantning 400 ta elektrodi töğri işlayapti, qurilmada mingdan ortiq elektrod bor.

2024 yil yanvar oyida dunyodagi birinçi odamga miya implanti örnatildi. 29 yoşli Noland Arbo umurtqa poğonasi şikastlangan baxtsiz hodisa oqibatida butunlay falaj bölib qolgan. Arbo miyasiga Neuralink çipining örnatilişi natijasida u fikr kuçi yordamida kompyuterni boşqara oldi.

Kompaniya ma’lumotlariga köra, texnologiya oyoq-qöllarini işlata olmay qolgan odamlarga yordam beriş uçun möljallangan.