Isroilda yaşovçi Rossiya internet giganti "Yandeks" asosçisi Arkadiy Voloj Rossiya prezidenti Vladimir Putin sirtdan unga «salomatlik tilagan»idan söng hayotida birinçi marta qöriqlaş xizmatini yolladi. Bu haqda 10 yanvar, juma kuni Voloj bilan suhbat ötkazgan Bloomberg agentligi xabar berdi. Gap biznesmenning Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi haqidagi 2023 yilda qilgan bayonotiga Putinning javobi haqida ketmoqda.
Rossiyaning qöşni davlatga bostirib kirişi boşlanganidan deyarli bir yarim yil ötgaç, Arkadiy Voloj bu haqda heç qanday izoh bermadi. Biroq, 2023 yil avgust oyida Volojning vakillari ommaviy axborot vositalariga uning uruşni qoralagan bayonoti matnini e’lon qilişdi. Hujumni vahşiylik deb atagan tadbirkor «Ukraina uylariga har kuni bombalar uçib kelayotganidan dahşatga tuşganini» aytdi. «Rossiyada 2014 yildan beri yaşamasligimga qaramay, mamlakat harakatlari uçun özimda ham ma’lum darajada mas’uliyat borligini tuşunaman», dedi Voloj.
Vladimir Putin bir oy ötib, 2023 yil sentabrida bölib ötgan Şarqiy iqtisodiy forumda Volojning sözlarini izohladi. «U Isroilda yaşaydi, u yerda yaxşi darajada yaşaş va rasmiylar bilan yaxşi munosabatda böliş uçun muayyan bayonotlar berişga majbur böladi. Uzoq vaqt jim ötirgandi, keyin bayonot berişga qaror qildi. Unga salomatlik tilayman, u yerda yaxşi yaşasin. Bu bizga unçalik qiziq emas», dedi Putin. Şu bilan birga, u Volojni iste’dodli şaxs deb atagan.
Putin avvalroq xuddi şunday tavsifni "Vagner" XHK asosçisi, keyinçalik Tver oblastidagi aviahalokatda vafot etgan Yevgeniy Prigojinga bergan edi, deb yozadi Bloomberg. Şu sababli, Putinning sözlaridan söng, Voloj özini «juda noqulay» his qildi va köp ötmay — hayotida birinçi marta — qöriqlaş xizmatini yolladi, deb yozadi agentlik.
«Yandeks» biznesi rossiyalik investorlar konsorsiumiga sotildi
Niderlandiyaning Yandex N.V. kompaniyasi «Yandeks» biznesini sotiş böyiça bitimni töliq yopdi va guruh aksiyadorlari tarkibidan çiqdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati 15 iyul kuni. Hujjatda aytilganidek, 2024 yil 31 iyulga qadar Yandex N.V. nomini özgartiradi va «Yandeks» brendlaridan foydalanişni töxtatadi.
Fevral oyida tuzilgan bitim summasi 475 milliard rublni taşkil etdi (taxminan beş milliard yevro). Uning şartlariga köra, «Yandeks»ning Rossiyadagi barça biznesi va xorijdagi aksariyat loyihalari rossiyalik investorlar va menejerlar konsorsiumiga ötkaziladi. «Yandeks» yangi boş kompaniyasi - MKPAO «Yandeks» - Kaliningrad viloyatida röyxatdan ötgan. «Yandeks» qidiruv, şahar, köngiloçar va ta’lim xizmatlari, bulutli va sun’iy intellekt texnologiyalari, avtonom transport va boşqa istiqbolli yönalişlarni rivojlantirişda davom etmoqda», — deyiladi press-relizda.













