Yahyo Sinvar öldirilganidan söng, uning ukasi Muhammad Sinvar Ğazo sektoridagi HAMAS rahbari böldi va guruhni qayta tiklaş ustida işlamoqda, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ).

Qayd etilişiça, 2024 yil oktyabr oyida Yahyo Sinvar öldirilişi ortidan Qatarda joylaşgan HAMAS vakillari yetakçilarning jamoaviy kengaşini tuzişga qaror qilgan. Ammo naşrning arab manbalariga köra, guruhning Ğazo sektoridagi jangarilari bunga rozi bölmagan va hozir Muhammad Sinvar boşçiligida mustaqil tarzda harakat qilmoqda.

WSJ bilan gaplaşgan arab rasmiylarining aytişiça, jiddiy zarar körgan HAMAS yangi jangçilarni, jumladan, ularning oilalariga oziq-ovqat va tibbiy yordam va’da qilgan holda yollamoqda. Yollangan jangarilar bir neça kişidan iborat kiçik guruhlarda hujumlar uyuştirib, maxsus harbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan öqotar va tankka qarşi qurollardan foydalanyapti. Isroil harbiylariga köra, HAMAS sönggi oylarda, asosan, Ğazo sektori şimolida yuzlab odamlarni yollagan.

Muhammad Sinvar taxminan 50 yoşda ekani taxmin qilinadi. U ham katta akasi singari guruhga yoşligida qöşilgan, biroq Yahyo Sinvardan farqli ölaroq, Isroil qamoqxonasida bölmagan va «Isroil xavfsizlik xizmatlari nazariga unçalik tuşmagan». Muhammad Sinvar asosan sahna ortida harakat qilgan va «Soya» laqabini olgan.

Isroilning iste’fodagi brigada generali Amir Avivi ham Ğazo sektoridagi jangarilar Muhammad Sinvar tomonidan nazorat qilinişini aytdi. Isroil harbiylari yangi yetakçini topiş uçun «barça çoralarni körmoqda», dedi u.

Yahyo Sinvar Isroil qamoqxonalarida 20 yildan ortiq vaqt ötkazdi va 2011 yil oktyabr oyida ozod qilindi. 2024 yil avgustida Yahyo Sinvar Tehronda avvalgi yetakçi Ismoil Haniya öldirilişi ortidan HAMAS siyosiy byurosiga rahbar böldi. 2024 yil 16 oktyabr kuni Ğazo sektori janubidagi Rafah şahrida patrullik qilayotgan Isroil qöşinlari tomonidan öldirildi.