2024 yilda Rossiyaning 47 ta hududida migrantlarni işga joylaştirişga taqiq va çeklovlar joriy etildi, deb xabar berdi «Vyorstka».
Eng köp çeklov Krasnodar ölkasida joriy etilgan — çet elliklarga 99 ta sohada işlaş taqiqlangan. Ikkinçi örinda Tver oblasti (82), eng kam çeklovlar Voronej oblastida - 10 ta.
Çet elliklar uçun eng köp taqiq taksi va jamoat transporti sohalarida - 47 ta hududda joriy etilgan. Savdo sohasida 39 ta hududda, uy-joy kommunal xöjaligida 14 tada va kuriyerlik sohasida 12 ta hududda çeklov amal qiladi.
19 ta hududda tibbiyot sohasida: şifoxonalar, dorixonalar va dori-darmonlar işlab çiqarişda taqiqlar joriy etildi. Ta’lim sohasida – 27 ta, harbiy-sanoat kompleksi zavodlarida faqat 7 ta hududda taqiq joriy qilingan. Qurilişda - faqat ikkita mintaqada: Krasnodar ölkasi va Yamalo-Nenets avtonom okrugida.
Muayyan hududlarda işga joylaşiş böyiça çeklovlarda mintaqalar ba’zi istisnolarni kiritgan - asosan malakasiz işçilar va farroşlar uçun. Ba’zan bu istisnolar juda keng bölib, çeklovlar ma’nosiz bölib qoladi.
40 ga yaqin mintaqalar bandlik böyiça çeklovlarni joriy qilinmadi, jumladan, yirik iqtisodiyotga ega Moskva, Sankt-Peterburg, Tatariston, Boşqirdiston, Sverdlovsk oblasti.
2024 yil mart oyida Moskvaning «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi teraktdan keyin Rossiya rasmiylari migrantlarga qarşi keng kölamli kampaniya boşladi. Davlat Dumasi deputatlari yangi qonunlar bilan, mintaqa rahbarlari yangi taqiqlar bilan migrantlarning mehnatini çeklay boşladi. Oqibatda, 2024 yilda Rossiyadan çiqib ketayotgan migrantlar oqimi köpaygani qayd etildi.












