O‘zbekiston | 12:00 / 14.01.2025
1626
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijdagi katta yoshdagi vatandoshlar uchun “Chinor” dasturi tashkil etiladi

Loyihaga jalb etiladigan katta yoshdagi vatandoshlarni tanlab olishga qaratilgan nizom ishlab chiqiladi.

2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Xorijdagi katta yoshdagi vatandoshlar uchun O‘zbekistonda “Chinor” dasturi tashkil etiladi.

Loyihaga jalb etiladigan katta yoshdagi vatandoshlarni tanlab olishga qaratilgan nizom ishlab chiqiladi. Ishtirokchilar ro‘yxati nizom asosida shakllantiriladi va kelishiladi. Loyiha dasturi ishlab chiqiladi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etiladi.

Shuningdek, vatandoshlar butunjahon qurultoyiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida xorijda hududiy vatandoshlar forumi o‘tkaziladi.

Hududiy forum konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Forum o‘tkazish joyi belgilanadi. Davlatlar kesimida ishtirokchilar ro‘yxati shakllantiriladi. Ishtirokchilarga taklifnomalar yuboriladi, forum o‘tkaziladi va qurultoy delegatlari aniqlanadi.

Mavzuga oid

E`lonlar