Milliy tibbiyot markazida noyob rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oşirildi. Markazning malakali ortoped jarrohlari tomonidan qilingan amaliyot davomida çap kiçik boldir suyagi (fibula) qon tomirlari bilan birga çap tirsak suyagidagi defektni töldiriş uçun köçirib ötkazildi.

Milliy tibbiyot markazi matbuot xizmati qayd etişiça, bu amaliyot Özbekistonda birinçi marta ötkazilayotganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Bemor Qozoğiston fuqarosi bölib, unga mutaxassislar tomonidan quyidagi jarrohlik işlari bajarildi:

  • Fibula suyagini köçiriş: Kiçik boldir suyagi qon tomirlari bilan birga ehtiyotkorlik bilan olinib, hayotçanligi saqlab qolindi.
  • Tirsak suyagiga biriktiriş: Fibula suyagi tirsak suyagi defekti hududiga örnatilib, plastinalar va vintlar yordamida osteosintez qilindi.
  • Qon aylanişini tiklaş: Mikroxirurgik texnika yordamida tirsak arteriyasiga anastomoz örnatildi va qon aylanişi tiklandi.
  • Pay va muşaklarni tiklaş: Bemorning tirsakning normal funksiyasini tiklaş uçun bukuvçi paylar tenonizatsiyasi bajarildi.

«Bu turdagi noyob amaliyot tibbiy texnologiyalarning yuqori darajasi va Milliy tibbiyot markazidagi jarrohlarning tajribasi natijasida muvaffaqiyatli yakunlandi. Operatsiyadan söng bemorning soğligi barqaror, reabilitatsiya jarayoni boşlangan. Uşbu muvaffaqiyat Özbekistonda yuqori texnologik jarrohlik rivojlanayotganidan dalolatdir.

Milliy tibbiyot markazi tibbiyot sohasida yuksak darajadagi xizmat körsatişda yetakçi markazlardan biri sifatida yana bir bor öz örnini isbotladi», deyiladi markaz matbuot xizmati xabarida.