Oxirgi bir haftada Armaniston Ğarb tomon ikkita katta qadam taşladi: avvaliga hukumat Yevropa Ittifoqiga qöşilişga qaror qildi, söng AQŞ bilan strategik hamkorlik töğrisida hujjat imzolandi.

9 yanvar kuni Armaniston hukumati Yevropa Ittifoqiga qöşiliş töğrisidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Loyiha parlamentga kiritiladi, şuningdek, referendumga qöyilişi mumkin. Oldindan aytiş mumkinki, aksariyat armanistonliklar YeIga qöşilişga rozi bölişi aniq.

14 yanvar kuni Vaşingtonda imzolangan “Strategik hamkorlik böyiça xartiya” bilan esa, ikki davlat örtasidagi hamkorlik juda yuqori darajaga kötarildi. Ular örtasidagi siyosiy muloqotlar, iqtisodiy va harbiy hamkorlik kuçayadi.

Xöş, bu qadamlar nimani anglatadi, nima özgaryapti?

Armaniston şu paytga qadar geosiyosatda, taşqi siyosatda Rossiya Federatsiyasiga oriyentir olardi. Yerevan Moskvani özining katta akasi, boş homiysi va geosiyosiy “qiblasi” sifatida körar edi. Lekin hammasi 2020 yilning kuzida özgardi. Ya’ni Qoraboğ uruşidan keyin. Öşa uruşda Ozarboyjon öziga tegişli Qoraboğ hududini Armanistondan kuç bilan qaytarib oldi. Unga qadar Armaniston Qoraboğni rasman Ozarboyjon hududi deb hisoblasa-da, Qoraboğdagi separatizm harakatlarini töliq qöllab-quvvatlab kelayotgan edi.

Asosiy maqsad – Qoraboğni Armanistonga qöşib oliş edi. Lekin köp yillik harbiy tayyorgarlikdan keyin, 44 kunlik uruşda Ozarboyjon özining Qoraboğ hududini qaytarib oldi. Halqaro qonunçilikka köra, sobiq SSSR çegaralariga asosan, Qoraboğ – Ozarboyjonning hududi edi. Öşa 2020 yilgi uruş kunlari Armaniston Rossiyaga murojaat qilib, uruşga qöşilişni va Ozarboyjonga qarşi birga urişişni söradi.

Lekin Putin “agar uruş Armaniston hududida bölganida edi, KXŞT va uning a’zosi RF Armanistonni aniq himoya qiladi, lekin hozirça uruş Qoraboğda, ya’ni Ozarboyjon hududida bölmoqda” deb, Armanistonga rad javobi bergandi. Şundan buyon Armaniston Rossiyadan arazlagan, Moskva bilan aloqalarni susaytirib bormoqda.

Keyingi yillarda Armanistonning Rossiyadan uzoqlaşuvi yanada kuçaydi. Ötgan yillar davomida Armaniston özi a’zo bölgan va Rossiyaning strategik manfaatlarini ta’minlovçi Kollektiv Xavfsizlik Şartnomasi Taşkilotidagi iştirokini, de-fakto töxtatib qöydi. KXŞTning öquv maşqlarida iştirok etmayapti. Qolaversa, 2024 yilda AQŞ va Yevropadagi harbiy öquv maşqlarida ham iştirok etdi. Bu bilan, Armaniston Rossiyaning emas, Ğarbning komandasiga ötayotganini bildirdi.