«Gender tenglik faoli» milliy tanlovi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oşiriş, gender tenglik va oila masalalari böyiça Respublika komissiyasi taşabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda ötkazib kelinmoqda, deb xabar beradi Senat matbuot xizmati.

«Uşbu tanlovni taşkil etişdan asosiy maqsad har bir taşkilotda gender tenglikni ta’minlaşga qaratilgan siyosatni şakllantiriş, sohada amalga oşirilayotgan ilğor tajribalarni aniqlaş va ommalaştiriş hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilişdan iborat», — deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, «Gender tenglik faoli» milliy tanlovida iştirok etiş uçun 934 ta taşkilot va muassasalar tomonidan hujjatlar taqdim etilgan. Ular tanlov komissiyasi tomonidan nizom talablari asosida baholanib, 10 ta nominatsiya böyiça quyidagilar ğolib deb topilgan:

  • «Gender tenglikni ta’minlaşda eng faol respublika darajasidagi davlat organi» – Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi;
  • «Gender tenglikni ta’minlaşda eng faol hududiy davlat organi» – Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi;
  • «Gender tenglikni ta’minlaşda eng faol tuman davlat organi» – «Ammofos-Maxam» AJ;
  • «Gender tenglik ta’minlaşda eng faol hududiy hokimlik» – Xorazm viloyati hokimligi;
  • «Gender tenglik ta’minlaşda eng faol tuman hokimligi» – Şarof Raşidov tuman hokimligi;
  • «Gender tenglikni ta’minlaşda eng faol NNT» – Özbekiston Milliy media birlaşmasi hamda «Zakovat» intellektual klubi» NNT;
  • «Gender tenglikni ta’minlaşda eng faol tadbirkorlik sub’yekti» – «Akbarjon Barakat»MÇJ;
  • «Gender tenglikni tarğib qilişga qaratilgan eng yaxşi TV-dastur» – «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi «Yuridik klinika» körsatuvi;
  • «Gender tenglikni tarğib qilişga qaratilgan Internetdagi eng yaxşi veb-sayt yoki portal» – «Oyina.uz» ma’naviy-ma’rifiy portal;
  • «Gender tenglikni tarğib qilişga qaratilgan eng yaxşi naşr» – «Yangi Sirdaryo» gazetasi.