16 yanvar kuni Kurbanoff.net kanali muallifi yangi telefon IMEI kodini röyxatdan ötkazişda avvalgidek xorijga borişning özi yetarli emasligi, endi mobil qurilmani Özbekistonga olib kirayotganda deklaratsiya töldiriş kerakligi haqida yozdi. Şundan söng Telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş markazi DUK va Bojxona qömitasi holatga izoh berdi.
Ma’lum qilinişiça, bu tartib bir neça oy oldin işga tuşgan.
Endilikda Özbekistonga yangi mobil qurilmani olib kirişda bojxona deklaratsiyasini töldiriş kerak. Aks holda UzIMEI tizimida qurilmani röyxatdan ötkazişda boj tölaşga töğri keladi. Yangi talab qonunçilikka 2024 yil boşida kiritilgan bölib, Bojxona qömitasi va UzIMEI tizimi örtasidagi integratsiya 2024 yilning oktyabrida yakunlangan.
Soddaroq qilib tuşuntiramiz.
Masalan, sizda qaysidir rusumdagi (Samsung, Xiaomi yoki iPhone), xorijda işlab çiqarilgan mobil telefon bor va uni UzIMEIʼdan röyxatdan ötkazmoqçisiz. Röyxatdan ötkaziş uçun uzimei.uz saytida qurilmaning IMEIʼsini yozsangiz, tizim uni bojxona bazasidan qidiradi. Agar ma’lumot bölmasa, mobil qurilma bojxona qiymatining 30 foizi miqdorida boj tölaş kerak. Çunki bu telefonlar Özbekistonda işlab çiqarilmagan, şu sabab çet eldan olib kirilgan hisoblanadi.
2023 yilda yumşatilgan qonunçilik böyiça jismoniy şaxslar 2024 yil 28 yanvardan boşlab har safar çegaradan kirib kelişda ikkitadan mobil qurilmani olib kirişi mumkin. Aeroport orqali olib kirilganda bir yoki ikkita telefonning umumiy miqdori 2000 dollardan, poyezd orqali kirib kelişda 1000 dollardan, avtomobil yoki piyoda kirib kelişda 300 dollardan oşmasligi kerak. Agar aeroport orqali kirganda summa şartli ravişda 2300 dollarni taşkil etsa, ikki mingdan oşgan qismiga, ya’ni 300 dollarga 30 foiz boj tölanadi. Xalqaro kurerlik jönatmalari orqali esa har bir jismoniy şaxs uçun xorijdan tovarlarni bojsiz olib kiriş çegarasi – bir kalendar çorak uçun 1000 dollarni taşkil etadi.
Şu tariqa, yangi mobil qurilmalarni olib kirganda majburiy deklaratsiya qiliş lozim. Deklaratsiya qiliş, ya’ni yangi telefon olib kirayotganingizni bildirib qöyiş uni soliqlardan ozod qiladi (2 tagaça bölsa). Agar bitta yangi telefon olib kirsangiz ham, lekin uni deklaratsiya qilmasangiz, UzIMEI’dan ötkazişda sizdan qurilma bojxona qiymatining 30 foizi miqdorida boj tölaş söraladi.












