Butunjahon yodgorliklar fondi (WMF)ning 2025 yilgi röyxatiga 25 ta obekt kiritildi: ular orasidan ilk bor koinotdagi obekt — Oy örin oldi.
2027 yil örtalariga möljallangan NASA'ning Artemida III missiyasidan keyin Oy sathiga xususiy sayohatlar köpayişi kutilmoqda.
Bu taşriflar va hukumatlar tomonidan moliyalaştiriladigan boşqa missiyalar WMF uçun asosiy taşviş manbayi hisoblanadi. Ayniqsa, 1970 yillarda Nil Armstrong va Bazz Oldrin Oyda qoldirgan yodgorliklarni şikastlaşi mumkin bölgan sayyohlar alohida xavotir uyğotmoqda.
“Oy birinçi marta röyxatga kiritildi... Insoniyatning Yerdan taşqaridagi dastlabki qadamlarini tasdiqlovçi artefaktlarni tan oliş va saqlaşning muhim zaruratini aks ettiriş uçun şunday qilindi. Oyga televizion qönişni tasvirga olgan kamera, Armstrong va Oldrin astronavtlari qoldirgan esdalik disk hamda boşqa yuzlab narsalar uşbu merosning ramzlari hisoblanadi”, — deb ta’kidladi WMF prezidenti va boş ijroçi direktori Benedikt de Monlor.
Bu yilgi röyxatda muntazam vayron etilayotgan Ğazodagi tarixiy şahar, 2022 yilda raketa hujumi oqibatida buzilgan Kiyev öqituvçilar uyi ham bor.
Şuningdek, röyxatga yaqin vaqtlarda sodir bölgan tabiiy ofatlardan keyin tiklanayotgan joylar kiritilgan. Bularga 2023 yil fevralda zilziladan vayron bölgan Turkiyaning Antakya şahri, 2024 yil yanvarda kuçli zilziladan zarar körgan Yaponiyadagi Noto yarimoroli kiradi. Bundan taşqari, And toğlarida toş yotqizilgan toğ yöllari tizimi, Fransiyadagi Sorbonna ibodatxonasi, Albaniyadagi Drino daryosi vodiysidagi monastirlar va boşqa obektlar ham röyxatdan joy olgan.











