Xorazm viloyatida yer talon-toroji bilan boğliq jinoyat foş etildi, deb xabar beradi Boş prokuratura matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, fuqaro B.T.ning Xorazm viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinişiga qarşi kuraşiş bölinmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbir davomida I.B. ismli şaxs va boşqalar Şovot tumani hududida joylaşgan hokimlik zaxirasidagi 10 gektar ekin yer maydonini göyoki özlariga tegişli ekanligiga işontirib, kelgusi yilda şoli ekib, yerdan foydalanişi uçun 250 million sömga sotişga kelişib, oldindan 6,7 ming dollar va 3,8 million söm pullarni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Dastlabki tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq Andijon va Navoiy viloyatlarida noqonuniy tarzda yer sotmoqçi bölgan şaxslar uşlangani, Toşkentda davlat zaxirasida bölgan 7 sotix yerni 175 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxs qölga olingani töğrisida xabar berilgandi.








