Jo Bayden prezidentlik lavozimidagi oxirgi qarori öz oilasining beş nafar a’zosini oldindan afv etiş böldi.

«Men Konstitutsiyada belgilangan vakolatlarimga muvofiq, Jyeyms Bayden, Sara Jons Bayden, Valeri Bayden Ouens, Jon Ouens va Frensis Baydenni afv etaman», — deyiladi Baydenning Oq uy saytida e’lon qilingan bayonotida (Tramp lavozimga kirişganidan keyin u arxivga olib qöyilgan).

Jo Baydenning ta’kidlaşiça, uning oilasi muntazam ravişda hujum va tahdidlarga uçrab kelgan. «Afsuski, uşbu hujumlar töxtaşiga işonişim uçun asos yöq», — deydi Bayden. Uning qöşimça qilişiça, afv etiş — bu biror-bir qonunbuzarlik yoki aybni tan olişni anglatmaydi.

Şuningdek, Bayden 77 yoşli biznesmen va siyosatçi Jyerald Landergan va soliq tölaşdan böyin tovlagani uçun qamalgan Kolumbiya şahar kengaşining sobiq a’zosi Ernest Uilyam Kromartiyeni afv etgan. Bundan taşqari, Bayden 1975 yilda hindular rezervatsiyasida ikkita FQB agentini öldirişda ayblangan tub aholi vakili — Leonardo Peltiyerning umrbod qamoq jazosini yengillaştirdi. Peltiyer 80 yoşda, u jazoning qolgan qismini uy qamoğida ötkazadi.

Dekabr oxirlarida AQŞ prezidenti federal sudlar tomonidan ölimga hukm qilingan 37 nafar mahbusning jazosini yengillaştirgandi. Jo Bayden ularning jazosini muddatidan oldin şartli ozod etiliş imkoniyatisiz umrbod qamoq jazosiga özgartirgan. Şundan söng afv etilganlarning ikki nafari prezident qaroridan norozi bölib, sudga şikoyat arizasi kiritgan.

Undan oldinroq AQŞ prezidenti Jo Bayden öğli Hanterni afv etgandi. Hanter Baydenga qarşi noqonuniy qurol saqlaş va soliq tölaşdan böyin tovlaganlik uçun iş oçilgan edi. Oq uy rahbari amerikaliklar ota va prezidentning öğlini afv etiş qarorini tuşunişlariga umid bildirgan.

Şuningdek, bugun, 20 yanvar kuni Bayden AQŞ Qurolli kuçlari ştab boşliqlari birlaşgan qömitasining sobiq rahbari Mark Milli, mamlakatning sobiq boş infeksionisti Entoni Fauçi, 2020 yil yanvarda Kapitoliyga uyuştirilgan hujumni tergov qilgan Vakillar palatasi qömitasi a’zolari va xodimlarini afv