Özbekistonda 2025 yil hosilidan boşlab, paxta xomaşyosini öz mablağlari va tijorat kreditlari hisobidan yetiştirgan holda birjada sotgan xöjaliklarga şakllangan hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.

Paxta xomaşyosini yetiştiriş uçun olingan imtiyozli kreditlarni hosil yilining yakuniga (tegişli yilning 31 dekabriga) qadar qaytargan xöjaliklarga uşbu kreditlar böyiça tölangan foiz tölovlarining 4 foizlik punktini subsidiya sifatida qaytarib beriş tartibi joriy etiladi.

Bu – «Paxta xomaşyosini yetiştiriş va sotişda bozor mexanizmlarini qöllaşni izçil davom ettiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmonida belgilandi.

Farmonga köra, birja orqali:

– fyuçers şartnomalari kalendar yilning 1 noyabridan keyingi yilning 1 iyunigaça xöjaliklar va qayta işlovçilar örtasida birjada erkin şakllanadigan, biroq e’lon qilingan boşlanğiç narxdan past bölmagan narxda tuziladi;

– forvard şartnomalari kalendar yilning 1 noyabridan keyingi yilning 1 martigaça xöjaliklar va qayta işlovçilar örtasida özaro kelişilgan narxlarda tuziladi;

– spot şartnomalari real vaqt rejimida omborda saqlanayotgan paxta xomaşyosi hajmiga xöjaliklar va qayta işlovçilar örtasida özaro kelişilgan narxda tuziladi;

– saqlaş omborlari yoki ijara şartnomalari mavjud bölmagan xöjaliklar özi yetiştiradigan paxta xomaşyosi böyiça har hosil yilining 1 martigaça forvard yoki 1 iyunigaça fyuçers şartnomalari rasmiylaştiradi.