Rim papasi Fransisk mart oyidan rohiba Rafaella Petrini Vatikan gubernatori etib tayinlanişi haqida e’lon qildi. U uşbu lavozimni egallagan birinçi ayol böladi, deb yozmoqda Vatican News.
Rim papasi Italiyaning Nove telekanalida efirga uzatiladigan körsatuvida öz niyatini ma’lum qilgan. Rafaella Petrini 2021 yildan buyon Vatikan şahar davlat gubernatorligining boş kotibi lavozimini egallab kelmoqda.
“Ayollar bizdan köra yaxşiroq uddalaydi”, - deb ta’kidladi Fransisk Vatikanda ayollarga berilgan vazifalar haqida söz yuritarkan.
55 yoşli Petrini 2021 yildan beri bu lavozimda faoliyat yuritayotgan 79 yoşli kardinal Fernando Verges Alsaganing örnini egallaydi.
Gubernatorlik lavozimini egallagan şaxs amalda davlat hukumatining rahbari hisoblanadi va boş vazir vakolatlariga ega böladi, şuningdek, Rim papasi nomidan Vatikanni boşqaradi.











