Yaqin orada Xitoyda yuguriş böyiça ötkaziladigan yarim marafonda dunyoda birinçi marta robotlar insonlarga jiddiy raqib böladi, deb yozmoqda South China Morning Post naşri. Uşbu inqilobiy marafon aprel oyida Pekinning Daksin tumanida bölib ötişi rejalaştirilgan. Jami 12 000 iştirokçi 13 mil yoki 21 kilometr masofani bosib ötişi kerak, ulardan faqat uçtasi sovrinlarni qölga kiritadi. Şu bilan birga, sportçi-robotlar soni hozirça noma’lum.
Musobaqada qatnaşiş uçun dunyoning turli kompaniyalari, institutlari va klublariga tegişli robotlarga ruxsat beriladi, ammo ba’zi çeklovlar mavjud. Asosiy talab — qurilma taşqi tomondan odamga öxşaşi va ikki oyoqda yuguriş va yuriş uçun mexanik tuzilişga ega bölişi kerak. Ğildirakli bazasi bölmagan, balandligi 0,5 metrdan 2 metrgaça keladigan robotlar unda qatnaşa oladi. Bunda masofadan boşqariladigan hamda töliq avtonom maşinalardan foydalaniş mumkin, musobaqa davomida esa batareyani almaştirişga ruxsat etiladi.
Bu robotlarning marafonda iştirok etişiga ruxsat berilgan birinçi holat emas — lekin ilgari ular yo faqat masofaning bir qismini yugurişgan, yoki odamlar bilan bellaşmagan. Masalan, Koreyaning RAIBO2 maşinasi bir zaryadda 4 soat davomida 42,2 kilometr masofani bosib ötib, çidamlilik böyiça sezilarli rivojlaniş körsatgan. Tiangong roboti esa Pekindagi yarim marafonda iştirok etib, yuguruvçilarni ruhlantiriş maqsadida ularga finiş çiziğida qöşilgan.












