Isroil va HAMAS kelişuvga erişganidan keyin Itamar Ben Gvir va Betselel Smotriç kabi radikal millatçilar soçini yulayotgan bölsa kerak, degandik. Ular çindan soçini yuldimi yoki yöq, bilmadik, lekin butun Falastin yerlarini bosib olib, falastinliklarni haydab soliş kerak deb hisoblaydigan Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar ben Gvir iste’foga çiqdi.
«Netanyahu qizil çiziqni bosdi»
Itamar Ben Gvir özi bilan birga yana ikki vazirni olib ketdi. Ularning uçalasi ham ultra öngçilarning «Yahudiylar kuçi» partiyasi a’zosi hisoblanadi. Ben Gvirning aytişiça, boş vazir Binyamin Netanyahu barça ğoyaviy qizil çiziqlarni bosib ötgan. Vazir HAMAS bilan kelişuvni «terrorizmning ğalabasi» deb atadi.
Iste’foga çiqqan yana bir vazir Amixay Eliyagu HAMASga qarşi uruş tiklansagina hukumatga qaytişi mumkinligini aytdi.
Isroil milliy xavfsizlik vaziri sözlariga köra, Netanyahu unga hukumatda qolişi uçun bosib olingan Ğarbiy sohilda yangi manzilgohlar qurişni va ştab boşliği Hersi Halevini işdan böşatişni taklif qilgan. Biroq Netanyahu ma’muriyati bu gaplarni yolğon deb atadi.
HAMAS bilan kelişuvni Ben Gvirning «ideologik egizagi» Betselel Smotriç ham tanqid qildi. «Diniy sionizm» partiyasi a’zosi bölmiş moliya vaziri Smotriç hozirça koalitsiyadan çiqmasligini aytdi. U Netanyahu va Ben Gvir bilan suhbatdan keyin şunday qarorga kelgan. Smotriç Isroil kelişuvning birinçi bosqiçidan keyin uruşni tiklamasa, ya’ni ikkinçi bosqiçga ötsa, hukumatdan ketiş bilan tahdid qilgan. Isroil naşrlariga köra, bu millatçi radikal hukumatdan ketişi Isroilda muddatidan avval saylovlar ötkazilişiga olib keladi.
Netanyahu hozirça almaşuv borasida töliq bayonot bergani yöq. U sulhni ğalaba kabi körsatişga intilmayapti, çunki atrofidagi millatçi vazirlar Ğazoda qirğinni davom ettiriş kerak deb hisoblaydi. Netanyahu agar kelişuv barbod bölsa, Ğazoda uruşni tiklaşga va HAMASni yöq qilişga va’da bergan. Vaholanki, Isroil tomoni HAMAS ustidan ğalaba haqida jar solib, uruşni avval Livanga, keyin husiyçilarga qarşi köçirib bölgandi.
Ötkir Jalolxonov tayyorladi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Jahongir Aliboyev.











