Samarqand viloyati Narpay tumanida qalbaki dollarni sotgan şaxslar qölga olindi, deb xabar beradi Boş prokuratura huzuridagi department.

Qayd etilişiça, departamentning Narpay tumani bölimi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qiliş yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Tekşiruvda O.E. va J.S. ismli şaxslar özaro til biriktirib, «Mirbozor bozori» MÇJ hududida Paynet xizmati bilan şuğullanib kelayotgan tadbirkorlar O.J. va D.R.ning şoxobçasidan boşqa fuqarolar plastik kartasiga jami 5,6 million söm pullarni ötkazib, evaziga qalbaki 500 AQŞ dollarini bergani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Eslatib ötamiz, 2024 yil noyabr oyida Toşkentda qalbaki 9 ming dollarni sotmoqçi bölganlar uşlangan edi. Dekabrda esa Jizzaxda 1 milliard sömlik qalbaki pul sotmoqçi bölgan şaxslar qölga tuşgani töğrisida xabar berilgandi.