Sreçko Katanets Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyligidan ketdi, deya xabar bermoqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi.
«Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Sreçko Katanets soğliği bilan boğliq muammolar sababli Özbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan şartnomani özaro rozilik bilan bekor qilişga qaror qildi.
Sloveniyalik murabbiy öz murojaatida hozirgi holatida vazifalarini tölaqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etdi. Doimiy qöllab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uçun assotsiatsiyaga öz minnatdorçiligini bildirdi. Terma jamoamizga Jahon çempionati saralaş bahslarida omad tiladi.
Öz navbatida, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi Sreçko Katanetsga terma jamoamiz boşqaruvidagi mehnatlarini uçun minnatdorçilik bildiradi. Salomatligini tiklab, murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirişini tilaydi», — deyiladi xabarda.
Şu tariqa, ÖFA va 62 yoşli mutaxassis örtasidagi şartnoma özaro döstona munosabatlarni saqlagan holda bekor qilingan.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy jamoa boş murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlaş borasida iş olib borayotgani qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, Sreçko Katanets bilan 2021 yil avgustida 2025 yilga qadar möljallangan şartnoma tuzilgandi. U Özbekistonga kelguniga qadar Makedoniya, Birlaşgan Arab Amirligi, Sloveniya va Iroq milliy jamoalarini boşqargan, Sloveniya milliy jamoasini tarixda ilk bor Jahon va Yevropa çempionatlariga olib çiqqandi.
Katanets 2024 yil oktyabrida salomatligi yomonlaşgani bois JÇ-2026 saralaşi doirasida Eron va BAA bilan öyinlarda jamoani boşqara olmagandi. U noyabr oyida Qatar va KXDRga qarşi keyingi öyinlarda jamoaga qaytgandi, ammo 2025 yil 20 yanvar kuni jamoa Dohadagi yiğinga usiz yöl oldi. Manbalarga köra, u saraton xastaligiga çalingan.
Ma’lumot uçun, ayni vaqtda Özbekiston milliy jamoasi JÇ-2026 saralaşining 3-bosqiçida A guruhida 6 turdan keyin 13 oçko töplab ikkinçi örinda joylaşgan. Jamoa birinçi davrada KXDR (1:0), Qirğiziston (3:2), BAA (1:0) bilan öyinlarda ğalaba qozonib, Eron bilan durang öynadi (0:0), Qatarga esa safarda yutqazdi (2:3), ikkinçi davra doirasida KXDRga qarşi javob öyinida ham ğalaba qozondi (1:0).











