Ushbu maqolada telegramdagi «Kontentnoma Pro» yopiq kanali faoliyati va tartib-qoidalari haqida batafsil tanishib chiqishingiz mumkin. Darslik yoki master-klasslar qanday taqdim etilishi, kimlar o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, obuna bo‘lish shartlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomani hamjamiyatimizga a’zo bo‘lishdan avval o‘qib chiqing!

👉 KANALGA O‘TISh

Kontentnoma Pro kimlar uchun foydali bo‘ladi?

· Kichik va o‘rta biznes egalari — mahsulotlar sotuvi oshishini, reklama yordamida brendlari tanilishini xohlashadi, ammo SMM uchun mablag‘ ajratilmagan;
· Soha mutaxassislari — shifokor-o‘qituvchilar, tikuvchi-yu hunarmand ustalar, o‘zlarining xizmatlari yuqori baholanishi, mijozlar oqimi ko‘tarilishini istashadi, lekin shaxsiy brend qurish uchun esa minglab dollar sarmoya yo‘q;
· Talabalar yoki o‘z sohasini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar — Media, SMM va mobilografiyani 0dan o‘rganib, bemalol bu kasblardan daromad ko‘rishlari mumkin. Qobiliyatga qarab 150-200 dollardan 4-5 ming dollargacha ishlab topadiganlar bor;
· Xorijdagi yurtdoshlarimiz — Chet elda o‘qib, ishlab, tadbirkorlik qilib yurgan vatandoshlarimiz masofadan turib s’yomka, montajni o‘rganishlari mumkin;
· Blog yuritishga qiziquvchilar — Nimadan boshlash, dolzarb yo‘nalish tanlash, qanday kontent plan tuzish, obunachi to‘plash, videolarning TOPga olib chiqish tajribalarimizdan ulashib boramiz, foydali bo‘ladi;
· SMM mutaxassislari va mobilograflar — Soha ichida yurganlar ham katta tajribaga ega Kun.uz nashri, Sub’yektiv, Biznesnoma va Kontentnoma ijodkorlaridan real master-klasslarni qabul qilishadi.
· Boshqa kursda o‘qib chiqqanlar — Aksariyat mutaxassislar mobilografiya, SMM yoki shaxsiy brend kurslarida o‘qib chiqishgan. Ba’zilarga 1-2 yil ham to‘lgan oxirgi marta ilm olishganiga. Zamonaviy kasblar zamonga qarab tez-tez yangilanish bo‘lib turgani evazidan oylik obuna evaziga davomiy trendlar, yangiliklardan xabardor bo‘lib turish imkonini beradi.