Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024 yilda amalga oşirilgan işlar va 2025 yil uçun rejalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazildi.
Yiğilişda qayd qilinişiça, oxirgi uç yilda jismoniy şaxslar köp qavatli uy quriş uçun auksiondan 47 gektar yer sotib olgan, lekin aksariyatida quriliş boşlanmagan.
Qurilişga salohiyatli developerlarni jalb qiliş maqsadida bundan buyon köp qavatli uy quriş uçun yerlar auksionda faqat QQS tölovçi yuridik şaxslarga sotilişi belgilandi.
Hozirda 14 ming 775 ta köp qavatli uylarga tutaş yer mulkdorga biriktirilmagani uçun boşqaruv-servis kompaniyasi xizmat körsatişi kerak bölgan hududlar çegarasi aniq emas.
Mutasaddilarga bu uylarga tutaş yerlar çegarasini belgilaş va egasiga biriktiriş topşirildi.
Developerlar uyni topşirişdan oldin servis kompaniyalari bilan şartnoma tuzişini, ularni öqitişni taşkil etişini, quriliş xarajatlarining 2 foizini uy atrofida yaşil hudud yaratişga yönaltirişini qonun bilan mustahkamlaş zarurligi ta’kidlandi.
Joriy yilda 120 ming xonadonli köp qavatli uy qurilişi hisob-kitob qilingan.
Bunga qöşimça 15 ming xonadon Yangi Toşkentda barpo qilinadi va bu uylarda “yaşil” energiyadan foydalaniladi.
Energiya barqarorligini ta’minlaş uçun xususiy şeriklik asosida 100 megavatt-soat siğimli elektr saqlaş quvvati örnatiladi.
Yangi Toşkentdagi uylarni isitiş va sovitiş markazlaşgan trigeneratsiya tizimi orqali böladi.
Barça bino-inşootlarga yuqori energiya samaradorlik talablari joriy qilinadi. Transport, yoritiş tizimlari va zaryadlaş stansiyalari faqat “yaşil” talablar asosida böladi.
Davlatimiz rahbari umuman barça hududlarda yangi qurilayotgan köp qavatli uylarni bosqiçma-bosqiç “yaşil energiya” uylariga aylantiriş muhimligini ta’kidladi.
Buni rağbatlantiriş maqsadida quriladigan uy-joyni energiya bilan ta’minlaş uçun quyoş elektr stansiyalari bilan şartnoma tuzgan developerlarga bunday uylar uçun foyda soliği olinmaydi, kredit stavkasi 2 foiz arzon qilib beriladi.
Natijada developerning xarajati kamayadi, undan uy olgan odamlarga esa elektr arzonroq böladi.











