Qayd etilişiça, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy jamoa boş murabbiyligi uçun bir qator nomzodlarni örganib çiqqan va tahlil qilgan. Mahalliy va xorijlik tajribali mutaxassislar bilan muzokaralar ötkazgan. Şu bilan birga, murabbiylar kengaşi tomonidan taqdim etilgan tavsiyalar ham batafsil körib çiqilgan.

«Jahon çempionati saralaşining hal qiluvçi öyinlariga oz vaqt qolganini hisobga olib, jamoa va futbolçilar bilan yaqindan taniş bölgan, uzoq yillar davomida milliy jamoa safida töp surgan hamda boş murabbiy va yordamçi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan, şuningdek, Özbekiston Olimpiya jamoasi bilan tarixiy natijaga erişgan Temur Kapadze nomzodi ilgari surildi. Hozirgi yuzaga kelgan holatda ÖFA aynan Kapadzening murabbiylik iste’dodi, mas’uliyati, jamoa a’zolari orasida mavqei, qolaversa doimo yuqori maqsad sari intiliş kabi jihatlari orqali muhim uçraşuvlarda ijobiy natija körsatişiga işonadi», — deyiladi taşkilot xabarida. 

Ta’kidlanişiça, Temur Kapadze ayni kunlarda Qatarda yiğin ötkazayotgan Özbekiston milliy jamoasiga qöşilib, jamoa boşqaruvini qölga oladi.

Avvalroq, Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Sreçko Katanets soğliği bilan boğliq muammolar sababli Özbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan şartnomani özaro rozilik bilan bekor qilişga qaror qilgan edi.

Eslatib ötamiz, 43 yoşli Temur Kapadze 2024 yilda Özbekiston olimpiya jamoasini futbolimiz tarixida ilk bor Olimpiadaga olib çiqqan va yakunda Özbekistonda yilning eng yaxşi murabbiyi sifatida e’tirof etilgandi.

Ma’lumot uçun, Özbekiston milliy jamoasi 27 yanvar kuni Dohada Iordaniyaga qarşi örtoqlik öyinida maydonga tuşadi. Bu bahsga asosan Superligada töp surayotgan öyinçilar jalb etilgan. Milliy jamoamiz 20 mart kuni JÇ-2026 saralaşi doirasida Toşkentda Qirğizistonni qabul qilsa, 25 mart kuni Tehronda Eron milliy jamoasi mehmoni böladi. Uşbu bahslardagi muhim oçkolar jamoamizga ilk bor jahon çempionati yöllanmasini keltirişi mumkin. Vakillarimiz hozirda 13 oçko bilan A guruhida 2-örinda bormoqda.