Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024 yilda amalga oşirilgan işlar va 2025 yil uçun rejalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazildi.

Unda qayd qilinişiça, quriliş sohasida «eskrou» tizimi joriy qilinadi. Bu tizim developerlarga hozirgidan pastroq stavkada mablağ jalb qiliş imkonini beradi. Muhimi, developerlarni moliyalaştiriş uy quriş bilan birga boşlanadi va davom etadi.

Fuqarolar esa quriliş boşidan ipoteka va subsidiya oliş hamda uy bitmasdan turib ham boşqa odamga sotiş imkoniga ega böladi. Bu bilan uy sotib oluvçilar kafolatli himoyalanadi.

Yiğilişda ta’kidlanganidek, developerlar tomonidan obektning 50 foizi qurilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olişi mumkin böladi. Uşbu tartib nafaqat imtiyozli, balki tijorat ipotekasi uçun ham tatbiq etiladi.

Quruvçi taşkilotlar qurilişni boşlaganidan yakunlaguniça, lekin köpi bilan 12 oy davomida yer soliği tölaşdan ozod qilinadi. Obekt muddatida topşirilmasa, developer yer soliğini 2 karra miqdorda tölaydi.

Mutasaddilarga xalqaro ekspertlarni jalb qilib, kelgusi beş yil uçun uy-joy siyosati strategiyasini işlab çiqiş topşirildi.

Ötkazilgan muloqotlarda developerlarning köpçiligi yer oliş, kredit, qurilişga ruxsat, infratuzilma, foydalanişga topşiriş, uylarni sotiş bilan boğliq masalalarni kötargan.

Misol uçun, ötgan yili 5 ming xonadonli 150 ta köp qavatli uy aylanma mablağ yetmagani uçun bitmay qolgan. Bu borada banklarning xorijdan jalb qilingan mablağdan 310 million dollarni quruvçilarga aylanma uçun beriş taklifi ma’qullandi.

18 ming xonadon gazda individual isitiladigan qilib qurilgani uçun foydalanişga qabul qilinmay turibdi. Mutasaddilarga işçi guruhi tuzib, har bir holatni örganib, masalaning yeçimi böyiça Hukumatga taklif kiritiş topşirildi.

Bu yil 135 ming xonadonli köp qavatli uylarni markazlaşgan holda isitiladigan, ovqat pişiriş esa elektr plitasi orqali böladigan qilib quriş zarurligi qayd etildi.

Markaziy va içki köçalarni yoritişda isrofgarçilikni qisqartiriş böyiça dastur işlab çiqiş topşirildi.

Hududlarda liftlarni qabul qiliş 2-3 oyga çözilayotgani sababli har bir viloyatda kamida 2 tadan brigada taşkil qiliş, 20 nafardan aholini liftlarga xizmat körsatiş va ta’mirlaşga öqitiş vazifasi qöyildi.