Biroq savolni faqat “renovatsiya ijtimoiy muhitni buzadimi?” degan xavotir bilan çeklaş ham töğri emas. Asosiy savol renovatsiya qanday amalga oşirilsa, mavjud muhit yana ham yaxşilanadi, xavfsizroq, qulayroq va zamonaviyroq yaşaş muhiti paydo böladi, bölsa maqsadga muvofiq bölar edi.
Töğri taşkillaştirilgan renovatsiyada faqat binolar emas, balki hududning kelgusi yillarda qanday şakllanişi hisobga olinadi. Ya’ni maktab va boğçaga talab qança böladi, yöllar qanday işlaydi, jamoat transportiga çiqiş qulaymi, suv, elektr, kanalizatsiya va isitiş tarmoqlari yangi yuklamani kötara oladimi, bularning barçasi loyiha bosqiçida körib çiqiladi. Toşkent böyiça ham mahalliy hamda xorijiy malakali mutaxassislar bularni atrofliça örganib çiqişgan. Şuning uçun “renovatsiyadan keyin hudud ziçlaşadi” degan fikrning özi töliq xulosa böla olmaydi. Muhimi, ziçlik qanday boşqarilişida. Agar aholi soni oşsa, unga mos ravişda ijtimoiy obektlar, yaşil maydonlar, içki yöllar, piyodalar yölaklari va transport boğlanişi ham rejalaştiriladi.
Toşkentdagi köplab eski uylar XX asr talablari asosida qurilgan. U paytda aholi soni, avtomobillar miqdori, kommunal tarmoqlarga tuşadigan bosim va xavfsizlik me’yorlari bugungidan ança farq qilgan. Şu bois ayrim eski hududlarni avvalgi holatida saqlab turiş har doim ham aholi manfaatiga xizmat qilavermaydi. Ayniqsa, 1950–1970-yillarda qurilgan uylarda muhandislik tarmoqlari çiriş bosqiçiga kirgan, isitiş tizimi samarasiz, tom va podvallar ta’mirtalab. Bunday şaroitda aholini eski va xavfli uy-joy bilan qoldiriş emas, ularga xavfsizroq va zamonaviyroq şaroit yaratiş muhim.
Ijtimoiy muhit masalasi ham bir tomonlama talqin qilinmasligi kerak. Albatta, odamlar yillar davomida yaşagan mahallasiga, qöşnilariga, farzandi öqiydigan maktab va boğçaga boğlangan böladi. Lekin renovatsiya bu muhitni yöq qilmaydi, uni saqlagan holda yaxşilaş imkoniyatini beradi. Şuning uçun aholiga şu hududga yaqin yoki loyiha doirasida quriladigan yangi uylardan xonadon taklif etilişi közda tutilgan.
Yaşil hududlar masalasi esa kutilayotgan renovatsiya jarayonining eng muhim ustunliklaridan biridir. Amaldagi talablarga köra, har bir loyihada hududning kamida 30 foizi yaşil maydon sifatida ajratilişi belgilangan. Bundan taşqari, qurilişning eniga emas, böyiga rivojlanişi natijasida qöşimça oçiq maydonlar şakllanadi. Uşbu hududlarda yangi maktablar, mahalla şifoxonalari, sayr yölaklari, bolalar maydonçalari, dam oliş maskanlari va boşqa jamoat maydonlarini taşkil etiş imkoniyati paydo böladi.
Xulosa qilib aytganda, renovatsiya atrofida tilga olinayotgan ijtimoiy muhit, maktab, boğça, yaşillik va transportga oid masalalar yangilik emas. Bu savollar har qanday töğri renovatsiya loyihasining içida oldindan hisobga olinadi. Şu bois jarayonni xavotirlar orqali emas, reja, hisob-kitob, huquqiy kafolat va amaliy natija orqali baholaş kerak.










