Şanxayda odamsimon robotlarni maşq qildirişga möljallangan Xitoydagi birinçi baza oçildi, deb xabar beradi TiCai Global portal.

«Markaz turli sohalarning robotlarini qator vazifalarni bajarişga örgatadi, olingan ma’lumotdan esa robotlar intellekti darajasini keyinçalik optimallaştiriş maqsadida foydalaniş mumkin», — deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, dastlab markazga 100 ta sun’iy humanoid robot joylaştiriladi. Ular 10 dan ortiq ssenariydan foydalanilgan holda turli vazifalarga örgatiladi. Olingan ma’lumotlar sun’iy intellekt modellarini işlab çiqiş bilan şuğullanuvçi kompaniyalarga taqdim etiladi.

Avvalroq Xitoyda yuguriş böyiça ötkaziladigan yarim marafonda dunyoda birinçi marta robotlar insonlarga jiddiy raqib bölişi töğrisida xabar berilgandi. Uşbu inqilobiy marafon aprel oyida Pekinning Daksin tumanida bölib ötişi rejalaştirilgan. Jami 12 ming iştirokçi 13 mil yoki 21 kilometr masofani bosib ötişi kerak, ulardan faqat uçtasi sovrinlarni qölga kiritadi.

Eslatib ötamiz, 2023 yilda Şveytsariyaning Jyeneva şahrida sun’iy intellekt böyiça Butunjahon forumi doirasida birinçi matbuot anjumani bölib ötgan va unda töqqizta odamsimon robot iştirok etgan edi. Öşanda savollarga javob berar ekan, robotlar odamlar bilan işlaş va ularga yordam beriş uçun yaratilganini, odamlar ularga juda mehribon bölgani uçun insoniyatga qarşi isyon qilişni rejalaştirmaganini ta’kidlagandi.